“Seni sogʻindik, Bahor!”
Koʻzlarim zoriqib, sogʻindi seni
Ancha ulgʻayganman, kelsang, koʻrasan.
Qoʻmsab, esladingmi, ayta qol, meni?
Kelgach, gullar qadab, sochim oʻrasan.
Magʻrur turgan togʻlar koʻzi yoʻlingda
Serjilo bogʻlar ham sogʻingan mushtoq.
Tanasin sugʻorib, sening kaftingdan
Samoga boʻylamoq istar qizgʻaldoq.
Bedazorni sogʻingan shaboda, yellar,
Majnuntol soyasin kutmoqda onam.
Oʻzgacha mavjlanar buloqdagi suv,
Yashil tusga kirmoqda munavvar olam.
Samo tirqishidan boʻylagin tezroq,
Sabo boʻlib yelgin, yoʻqsa, boʻlgin soy.
Yetar, yashaganing shuncha payt yiroq,
Chindan sogʻinganmiz seni, Bahoroy!
Navoiy viloyati Karmana tumani
8-umumtalim maktabi
8 –“A”sinf
oʻquvchisi Bonu IBRAGIMOVA
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)