Xayol bilan uchaman...
Xayol bilan uchaman koʼkning baland toqli ayvonlarida!..
Hulkarning sheʼrlarida koʼngilning eng goʼzal nurlari bor. Quyoshli, chiroyli fasllari bor, oʼqigan sari dilga iliqlik olib kiradi, shuning barobarinda chiroyli obrazlar chizadi, samimiyat yashringan dalalar, goʼzal oqshomlar, cheksiz koinot kengliklariga sigʼmagan, inson qalbini mudom oʼrtab kelgan tuygʼular: ayriliq, alam, sevinch va muhabbat kabi uygʼoq hislarni yodga soladi . Sheʼrlaridagi hayot haqidagi falsafalari, maʼnolari yashamoq sirini anglatadi, mushohadaga chorlaydi. Siz ham oʼqib bahra oling, mantiqiy fikrlar olamiga tashrif buyuring…
Oy allalar koinotni jim,
Orom olar zamin ohista.
Oʼnglarim tush, tushlarim oʼngim,
Yuragim bir ishqqa, oshufta.
Xayol bilan uchaman koʼkning,
Baland toqli ayvonlarida,
Nigohlarda mavjlanib hayrat,
Yuguraman sayhonlarida.
Oq fotiha bersin malaklar,
Dunyolarga sigʼmas ilhom ber.
Shunda olam hasratlarini,
Taʼriflarga sigʼdirarmu sheʼr?
Meni sogʼintirar boʼloq
Mudom chorlar tanish soʼqmoq
soʼqmoq boʼylab
menla suhbat qurib ketar
mitti irmoq.
Shu irmoqqa yuzin chaygan singlim- yalpiz
Menga aziz.
Menga aziz,
zuvolamdir tuproq kabi
Qirlarimda tomir yoygan yantoq kabi
Ruhimga zeb, umrimga zeb oftob kabi.
Menga aziz ,tomir yoygan ildizimdir
Mega aziz jigarimdir,gul qizimdir,
Menga aziz bobom ekkan uzum kabi
Menga tanish, ichimdadir oʼzim kabi
U bir shodlik,
U bir shohlik,
U bir oʼch, shaʼn,
Udir Vatan!
Udir Vatan
Xxx
Uni suydim tanimasam ham,
Ortaverdi kundan kun mehrim.
Quvonchini qaygʼularini,
Sevaverdim zoʼr edi sehri.
Koʼzlarimni boylagan edi.
Kanizagi boʼldi xayolim.
Shuurimga joylangan endi.
Unda endi azmu-qarorim.
Sezmay qoldim olganin qoʼlga
Umrim, husnim hatto borimni.
Qachon asir oldi bilmadim,
Gʼaribgina ixtiyorimni.
Yotsiradim dunyodan oxir,
Savol berdim aybim ne edi?
Sovuqqonlik bilan boqdi-yu,
Mening ismim ayriliq dedi.
Аdashibman hayot deb uni...
Hulkar Gʼafforova,
Shoira.

Hilola ISMATOVA

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)