Men birgina soʻz oʻstirdim
Halima Xudoyberdiyeva,
O'zbekiston xalq shoiri
Bilmam, qachon, qanday chuqur koʻllarda choʻkdim,
Qanday uzun, qanday hazin dardlarni chekdim,
Bilganim shu, umrim boʻyi men ekdim, ekdim –
Turkistonning dashtarini yorib chiqar soʻz!
Balki u soʻz unayotir yerning qaʼrida,
Balki ... qasmday tik terak kurtaklarida,
Ulugʻ Temur bolalarin koʻkraklarida
Ota turkning yukini koʻtarib chiqar soʻz.
Yov kelmasin, kelsa agar juftu toq boʻlib,
Soʻzlar yerdan chiqib kelgay toʻsin togʻ boʻlib,
Elimning jon-jigariga koʻzmunchoq boʻlib,
Digariga chalgʻi boʻlib, oʻrib chiqar soʻz!
Hurlik yoʻli – kurash yoʻli, tik rohlariga
Chiqar ekan gard tegmasin elning bariga.
Kurash kuyin quyib elning quloqlariga,
Tun boʻyi oyoq uchida yurib chiqar soʻz!
Oqqan boʻlsam hamki uning poyida tinmay,
Elga nafim kam mening, nechun oʻksinay,
Men birgina soʻz oʻstirdim, Mangu koʻz yummay,
Turkiy elni balolardan qoʻrib chiqar soʻz!

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)