Firibgar chiptachi
Navoiyda Temir yoʻl vokzali gʻaznasidagi “chiptachi” firibgarlik ustida qoʻlga tushdi. U Navoiy temir yoʻl kassasida chipta sotuvchi vazifasida ishlab kelayotgan edi. R.O “Afrosiyob” tezyurar poezdiga chipta olish maqsadida murojaat qilgan fuqaro N.M va I.Alarga dastlab erkin savdoda chipta qolmaganini ma'lum qiladi. Birozdan soʻng nafsi hakalak otgan temir yoʻl xodimasi yoʻlovchilarga kutib turishini Toshkentdan soʻrab berishi ammo narxi biroz qimmat boʻlishini aytadi.
Vaqti tigʻiz, yoʻlga otlanib turgan yoʻlovchilar rozi boʻlishadi toʻgʻrirogʻi yolgʻonga chuv tushishadi. Bundan foydalngan R.O katta chipta sotuvchi F.Mdan tashkilotlarga ajratilgan “Bron” sifatida saqlanayotgan chiptalardan 146 ming soʻmdan rasmiylashtirib mazkur yoʻlovchilarga 170 ming soʻmdan ya'ni ikki kishi uchun 340 ming soʻm olib 48 ming soʻm ortiqcha pullarni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritadi. Aniqlanishicha R.O bu kabi oldi-sotti harakatlarini 2019 yildan buyon qilib kelayotgan ekan. Afsuski xizmat vazifasini suiste'mol qilib bilib turib jinoyatga qoʻl urgan xodimni hech qanday soʻz bilan oqlab boʻlmaydi.
Qonun esa hamma uchun barobar. R.Oning bu qilmishlari uchun unga Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan ayblov e'lon qilinib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
“Afrosiyob” tezyurar poyezdiga tosh otgan bezori aniqlandi
Qoʻlga kiritgan pullarni oʻz manfaati yoʻlida sarflab yuborgan
Quloqchin taqib yurgan bolani poyezd urib ketdi
Buxoroda jinoiy guruh qoʻlga olindi
Soxta diplom firibgari
Yangi-Angren IESdagi portlashda vafot etganlarning yaqinlariga 105 mln soʻmdan berildi
Izohlar (0)