Yashash xonadonidan 11,168 kg gashish topildi
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Toshkent viloyat bojxona boshqarmasi hamda Sirdaryo ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda Sirdaryo yoʻl-patrul xizmati maskanida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Unda Qashqadaryodan Toshken viloyati tomon kelayotgan Qarshi shahrida yashovchi shaxs boshqaruvidagi “Nexia” rusimli avto mashina toʻxtatilib, koʻzdan kechirildi.Natijada avtomashinaning yukxonasiga yashirib qoʻyilgan 4,534 kg gashish giyohvand vositasi aniqlanib pratsisual tartibda rasmiylashtirib olindi.Maʼlum boʻlishicha, ushbu fuqaro Tojikistonlik narkosavdogar tomonidan kontrabanda yoʻli bilan yuborilgan giyohvandlik vositalarini xufiya joylarga yashirb mijozlarga sotish bilan shug’illanb kelgan. Dastlabki surishtiruv harakatlari davomida uni Toshkent shahrida yashovchi muqadam sudlangan sherigi Zangota tumanida kutib turganligi malum boʻlib u ham qoʻlga olindi.
Shuningdek, tezkor qidiruv tadbirlari doirasida ularning yana bir aloqalari hisoblangan Qarshi shahrida yashovchi shaxsning yashash xonadonidan 11,168 kg gashish giyohvandlik vositasi oʻrnatlgan tartibda rasmiylashtirib olindi. Oʻtkazilgan teskor tadbirlar natijasida jami 15,702 kg gashish moddasi musodara qilindi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat kodeksning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzg’atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)