Mashina yukxonasidagi noqonuniy tamakilar aniqlandi
Tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.
1299 quti tamaki mahsulotlari manzilga yetib bormadi
Xususan, Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari tomonidan Qarshi shahrida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Tadbir davomida fuqaro R.R. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashina toʻxtatilib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.
Natijada, avtomashina yukxonasida jami 600 quti aksiz markalariga va tegishli hujjatlariga ega boʻlmagan tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi. Shundan soʻng tadbir davom ettirilib, fuqaro R.R. ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi va ushbu xonadonda 290 quti tamaki mahsulotlarini kelgusida sotish maqsadida noqonuniy tarzda saqlab kelayotganlik holati aniqlandi.
Yana bir tezkor tadbir davomida “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi shubha ostiga olinib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, avtomashina yukxonasida aksiz markalari va tegishli hujjatlari boʻlmagan 409 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida 1299 quti tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Markalanmagan tamaki mahsuloti o’z vaqtida fosh etildi
Tibbiyot jihozlari manzilga yetib bormadi
405,9 millon so’mlik noqonuniy telefonlarning aylanmasiga chek qo’yildi
Polizda yetishtirilgan og’u fosh etildi
“Tracker”ga yashirilgan 25 800 AQSH dollari fosh bo’ldi
Andijonda 4 mlrd. so’mlik matolarning noqonuniy aylanmasi fosh etildi
Izohlar (0)