Bugun AQSh mustaqillik bayrami

AQShning asoschilari bu mustaqillikni ramzi va sababi deb moliyaviy mustaqillikni tushunishgan.
Buyuk Britaniya o’sha paytdagi AQShliklarni soliqlarga tortar edi, lekin AQShliklar davlat moliyasini taqsimlashda ishtirok etishmaganini adolatsizlik deb bilishgan va “no taxation without representation” shiori ostida mustaqillik uchun urush qilishgan. Ya’ni soliq to’lanishi vakilchiliklar bilan kelishi kerak deb tushunishgan. Soliq to’laymizmi, demak ularni taqsimlashda ishtirok etishimiz kerak degan talab qo’yishgan, Britaniya o’z mustamlakasiga bunday haq bermasligini aytganidan so’ng urush qilishgan.
O’ylaymanki, AQSh uchun eng zo’r tarif quyidagicha: “AQSh bu mamlakat emas - AQSh bu g’oya”.
Erkinlik g’oyasida yaralagan o’sha jumhuriyat, dunyoni o’zi kabi g’oyaga intilishga chorladi va shuncha yil o’tib, kichik bir mustamlakaning qomusiga o’xshatib deyarli barcha mamlakatlar o’z siyosiy tizimini qurishdi va qurishmoqda.
AQShliklarni va bo’lajak AQShliklarni bu kun bilan tabriklayman!
Erkinligingiz abadiy bo’lsin!
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Dunyoda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 100 milliondan oshdi

Xitoy AQSHning dunyodagi mavqeiga qarshi chiqmoqchi emas

Buxoroda jinoiy guruh qoʻlga olindi

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash

Dunyodagi eng nufuzli davlatlar reytingi eʼlon qilindi

Bayden eng kam ish haqini ikki baravarga oshirmoqchi
Izohlar (0)