"SpaceX" raketasi uchun dvigatel yasagan o‘zbekistonlik muhandis
"SpaceX" va "Blue Origin" kosmik kompaniyalarining samoga parvoz qilayotgan raketalari uchun birinchi dvigatelni loyihalashda ishtirok etgan o‘zbekistonlik Maqsud Ismoilov (suratda markazda).
U AQShga kelganida dastlab avtomobil ustaxonasida oddiy balon almashtiruvchi bo‘lib ishlagan. Keyin AQShning eng nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan birida raketa dvigatellari bo‘yicha doktorlik ishini yoqladi. Uzoq yillar "SpaceX", "Blue Origin" kabi AQShning eng yirik xususiy fazo kompaniyalarida ishladi.
Bugun u "Rocket Propulsion Systems" deb nomlangan o‘z kompaniyasiga ega. NASA bilan hamkorlikda yangi turdagi raketa dvigatellarini yaratish ustida ishlamoqda.
- Orzuim Sietldan Toshkentgacha yetib borish uchun ketadigan 24 soatlik sayohat vaqtini 45 daqiqaga tushirish, deydi u.
Uning kompaniyasi shu imkoniyatni taqdim etuvchi yangi avlod dvigatellarni oddiy samolyotlarga o‘rnatish ustida ishlamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Ilon Maskning SpaceX kompaniyasiga tegishli Starship kemasi prototipi sinovlar chogʻida portlab ketdi
XKSga ilk sayyohlar Ilon Maskning kemasida 2022-yilda uchib ketadi
Ilon Mask tanlov eʼlon qildi: gʻolibga 100 million dollar beriladi
AQSHning Perseverance nomli Marsga yuborilgan havo kemasi sayyora hududiga muvaffaqiyatli qoʻndi
Janubiy Afrikadagi universitetning kirish eshigida shunday yozuv bor:
O‘zbekiston-Xitoy vaksinasining klinik sinovlari amalga oshirilmoqda
Izohlar (0)