Gvatemalada xavfli Fuego vulqoni qisqa tanaffusdan soʻng uygʻondi
Gvatemalada xavfli Fuego vulqoni qisqa tanaffusdan soʻng uygʻondi. Bu haqda mamlakat qutqaruv xizmatiga asoslanib “Regnum” xabar berdi.
Fuego vulqoni mamlakat nomi bilan bir xil ataluvchi poytaxtdan 50 kilometr olisda joylashgan. Vulqonning faollik darajasi yuqori - Milliy seysmologiya, vulqonshunoslik, meteorologiya va gidrologiya instituti shunday xulosa berdi.
Vulqon atrofida 5 kilometr radiusda kul qoplami hosil boʻlgan, lava oqimi esa 1,3 kilometrgacha yetgan. Hodisa joyiga yaqinda yashovchi aholi koʻchirilishi haqida maʼlumot yoʻq.
Fuego oxirgi marta 2018-yilning 3-iyunida uygʻongandi, oʻshanda Gvatemalada 200 ga yaqin inson halok boʻlgan, deb yozadi xabar.uz.
Foto: “TASS Russian News Agency”
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Navoiydagi omborxonada yuzaga kelgan yongʻin 8,5 soatdan soʻng bartaraf etildi
Hindiston va Xitoy chegarasida qurolli to‘qnashuv sodir bo‘ldi
Kuchli qor yogʻishi tufayli transport harakati toʻxtatildi
Ebola bezgagi epidemiyasi boshlangani eʼlon qilindi
Texasda sodir boʻlgan baxtsiz hodisa tufayli besh kishi halok boʻldi
Yerga yaqin masofada uchib oʻtadigan asteroid sayyoramiz uchun qanday xavf tugʻdiradi?
Izohlar (0)