Alam
(Drabl)
U ellik yillik umrining yigirma yilini qamoqda o'tkazdi. Qolgan qismini ichkilikka bag'ishladi. Shu orada ikki marta oila qurib, ikkinchi oilasidan bir qiz ko'rdi. U bugun ham doimgidek ichib kelib, bir paytlar o'zi sevib-sevilib oila qurgan ayolini rosa do'pposladi. Ayolining achchiq gaplari alam qildimi, yoki uning ming qiyinchilik bilan nasiya olib kelgan ichkiligini to'kib tashlaganimi bilmay qoldi. U qo'liga ilingan pichoqni ayolining qorniga to'rt - besh marotaba sanchib oldi. Nimqorong'u ayvonda emaklab, paypaslab aroq qidirarkan boshiga nimadir ohista urilganini his etdi. Tepaga boqargan boshi uzra o'n yil orziqib kutgan, o'n sakkiz yosh qizining oyoqlari havoda muallaq osilib turardi...
Muallif: Umida Rahmonova

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)