Gaz jihoziga texnik xizmat ko‘rsatish
Har kun tongdan kimdir ishga, kimdir o‘qishga va yana kimdir boshqa yumushlar bilan shoshib ko‘chaga otlanadi. Oilasiga daromad keltirish, farzandlari, yaqinlarining tinch va xotirjamligi uchun sharoit yaratish har bir insonni ana shunday harakatga undaydi.
Ammo tan olish kerak, xavfsizlik uchun xarajat qilish kerak bo‘lganda ko‘pchilik bundan og‘rinadi. Masalan, kundalik hayotda har birimiz tabiiy yoki suyultirilgan gazdan foydalanamiz. Buning uchun gaz jihozlarimiz, albatta soz holatda bo‘lishi kerak. Yo‘qsa, gaz ta’minoti bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holat bo‘lmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi.
2022 yilda ham bu boradagi targ‘ibot va amaliy ishlar boshlanib, soha xodimlari aholining gazdan xavfsiz foydalanishini ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘rishmoqda. Iste’molchi ham o‘z majburiyatlarini unutmagan holda yaqinlarining hayoti, xavfsizligi uchun gaz ta’minoti tashkiloti bilan yillik bir martalik to‘lov evaziga belgilangan tartibda shartnoma tuzishi, gaz uskunalarining texnik ko‘rigi uchun sharoit yaratib berishi zarur.
Shuningdek, har safar bir yumush bilan ko‘chaga otlanganda, gaz jihozlarini yoniq holda qoldirish hayot uchun xavfli ekanligini unutmaslik kerak. Boisi farovonlik, avvalo, xavfsizlikka bog‘liq.
“Hududgaz Navoiy” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

“Hududgaz Navoiy” gaz ta’minoti filialining servis xizmatini rivojlantirish bo‘limi xodimlari tomonidan iste’molchilarga gaz jihozlarining sozligi uchun gaz ta’minoti filiali xodimlari mas’ul ekanligi, har bir hududga biriktirilgan chilangarlar belgilangan tartibda shartnoma asosida gaz jihozlarini nazoratdan o‘tkazib, texnik xizmat ko‘rsatishi tushuntirilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, viloyat hududida tabiiy va suyultirilgan gazdan foydalaniladigan 200 mingdan ortiq xonadon mavjud bo‘lsa, o‘tgan 2021 yil davomida ularning 188 277 tasidagi gaz jihozlariga shartnoma asosida xizmat ko‘rsatilgan. Ya’ni, 359 745 ta gaz jihozi texnik ko‘rikdan o‘tgan. Shuningdek, 2308 ta yuridik iste’molchining foydalanishda bo‘lgan 6553 ta gaz jihozi xavfsizligi ta’minlangan.
2022 yilda ham bu boradagi targ‘ibot va amaliy ishlar boshlanib, soha xodimlari aholining gazdan xavfsiz foydalanishini ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘rishmoqda. Iste’molchi ham o‘z majburiyatlarini unutmagan holda yaqinlarining hayoti, xavfsizligi uchun gaz ta’minoti tashkiloti bilan yillik bir martalik to‘lov evaziga belgilangan tartibda shartnoma tuzishi, gaz uskunalarining texnik ko‘rigi uchun sharoit yaratib berishi zarur.
Shuningdek, har safar bir yumush bilan ko‘chaga otlanganda, gaz jihozlarini yoniq holda qoldirish hayot uchun xavfli ekanligini unutmaslik kerak. Boisi farovonlik, avvalo, xavfsizlikka bog‘liq.
“Hududgaz Navoiy” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)