Navoiy viloyatida ikki nafar oʻqituvchiga “Cobalt” avtomobili sovgʻa qilindi

Avtomobil sovgʻasi topshirilgan 1-maktabning fizika fani oʻqituvchisi Sohiba Navroʻzova hamda 20-maktabning geografiya fani oʻqituvchisi Obidjon Saydaxmetov oʻz faoliyatlari davomida yuzlab bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishiga hissa qoʻshgan.
Xususan, Navbahor tumanida oʻtgan 2021-yil bitiruvchilarining 76,6 foizi oliy ta’lim muassasalariga qamrab olinganligi ham oʻqituvchilarimizning yaratib berilayotgan imkoniyatlardan keng foydalangan holda oʻquvchilarga yuqori sifatda ta’lim berayotganidan dalolatdir.
Aytish joizki, oʻqituvchilarga berilayotgan bunday e’tibor sohadagi islohotlarni yangi bosqichga koʻtarishda oʻziga xos motivatsiya boʻlib xizmat qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

“COBALT” avtomobili nega 1 mln so’m arzonga chiqmoqda?

Har haftada bir kitob

Oʻzbekistonda mahkumlarga ham OTMga kirish va onlayn taʼlim olish imkoni beriladi

“Navoiydan Navoiyni oʻrganaylik!”

Sirdaryoda “Vaz-2106” va “Neksiya-3” bilan to’qnashgan yuk avtomobili ag’darilib ketdi

Navoiy viloyati hokimi 22 nafar o’qituvchini 4,9 mln pul bilan taqdirladi
Izohlar (0)