Tekin luqma og‘iz yertar

2020 yilning 12 avgust kunidan 18 avgust kuniga qadar bo‘lgan vaqtda noma’lum shaxs o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, fuqaro Gulnora Malikova (ism-familiya o‘zgartirildi) tegishli Navoiy shahar, “G‘.Shoh” ko‘chasi 122-uyning yonida bo‘lgan savdo do‘koni yerto‘lasidan umumiy qiymati 4.000.000 so‘mlik parfumeriya mahsulotlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, voqea joyidan yash voqea joyidan yashiringan. O‘g‘rilarni uzoq qidirishga hojat qolmadi. Navoiy shahar IIO FMB tomonidan olib borilgan o‘rganishlar, surishtiruv ishlari natijasida gumonlanuvchilar Samarqand viloyatining Paxtachi tumanidan bo‘lgan ikki shaxs, 1984 yilda tug‘ilgan, vaqtincha ishsiz, oilali, ikki farzandi bo‘lgan Bo‘ron Boltaev (ism-familiyasi o‘zgartirildi) hamda 1999 yilda tug‘ilgan vaqtincha ishsiz Sherali Shermatov (ism-sharifi o‘zgartirildi) ekanligi aniq bo‘ldi.
E’tibor qaratsak, har ikki yigit ishsiz va daromad topish uchun eng past ishdan or qilmadi. Аgar buni o‘rniga qurilishda yoki bugun yoshlarga talab ko‘p bo‘lgan biron oshxona, kafe, sotuvchilik ishlariga qo‘l urishganida edi yuqorida qing‘irlik bilan topgan 4 million so‘m pul bir oylik maoshi bo‘lishi, yuzi yorug‘, qaddi tik bo‘lib bexavotir yashashi mumkin edi. Nachora, qing‘ir ishning javobi bor. Qonun oldida har bir jinoyat uchun jazo belgilangan.
Sodiq TESHAYEV,
Navoiy shahar IIO FMB 4-sonli IIB JQG tezkor vakili, katta lyetenant
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)