Уerga oid qonun hujjatlari takomillashtirilmoqda
Oʻzbekiston Respublikasining Yer Kodeksiga koʻra, Yer umummilliy boylik hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasi xalqi hayoti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini koʻzlab yerdan ilmiy asoslangan tarzda, oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni, tuproq unumdorligini tiklash va oshirishni, tabiiy muhitni asrash va yaxshilashni, xoʻjalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqlilik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratishni, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini himoya qilishni taʼminlash maqsadida yer munosabatlarini tartibga solishdan, shuningdek bu sohada qonuniylikni mustahkamlashdan shu jumladan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishdan iborat.
Keyingi vaqtlarda eʼtibor qaratadigan boʻlsak, yerlardan xoʻjasizlarcha foydalanish, yer uchastkalarini noqonuniy ajratib berish, yer egalarining huquqlarini qoʻpol ravishda buzish va yer ajratishda korrupsiyaviy holatlarga yoʻl qoʻyish kabi salbiy holatlar qayd etildi.
Farmonning mazmun va mohiyatiga koʻra, 2021-yil 1 avgustdan:
- yer uchastkalari xususiy sektorga – mulk va ijara huquqi asosida ajratiladi;
- yer uchastkalari davlat tashkilotlariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi;
- meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtincha foydalanish huquqi bilan yer ajratish tartibi bekor qilinadi (bunda ilgari ajratilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar saqlanib qoladi);
ijaraga olingan yer uchastkasidagi koʻchmas mulk boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda, yer uchastkasiga ijara huquqi ham yangi mulkdorga oʻtadi;
- qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar ochiq elektron tanlov orqali faqat ijara huquqi asosida ajratiladi;
- qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi;
- barcha hollarda yer uchastkalari faqat boʻsh turgan va zaxiraga olingan yerlardan ajratiladi;
(ayni bir hujjat bilan yoki bir vaqtda yer uchastkasini olib qoʻyish, zaxiraga olish, boshqa shaxsga ajratish yer berish tartibini buzish hisoblanadi)
- davlat-xususiy sheriklik loyihalari va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda yer uchastkalari davlat tashkilotiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi; (ushbu yerlar xususiy sherik, nodavlat notijorat tashkiloti va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ijaraga berilishi mumkin);
- koʻp kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkasi mulkdorlarga umumiy foydalanish uchun doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi.
Yer toʻgʻrisidagi qonun buzilishi holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan faoliyatni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi va joylarda hududiy kengashlar tashkil etildi (ishchi organ – prokuratura).
Kadastr organlari yerdan maqsadsiz foydalanishni aniqlaganda ushbu yerga boʻlgan huquqni bekor qilish, noqonuniy qurilgan imoratlarni bartaraf etish yuzasidan toʻgʻridan-toʻgʻri sudga murojaat qilishi mumkin.
Farmonga koʻra, 2021-yil 1-avgustdan hokimliklarning yerga oid quyidagi vakolatlari bekor qilinadi:
- yerni toʻgʻridan-toʻgʻri ajratish, foydalanishga berish, zaxiralash, biriktirish, obodonlashtirish uchun berish yoki yerlarni boshqacha yoʻl bilan tasarruf qilish;
- tuman va shahar hokimliklari tomonidan yerga boʻlgan huquqlarni belgilash, eʼtirof etish, oʻzgartirish, bekor qilish;
- sugʻoriladigan yerlarni sugʻorilmaydigan yerlar toifasiga yoki boshqa yer toifasiga, sugʻorilmaydigan qishloq xoʻjaligi yerlarini boshqa yer toifasiga oʻtkazish;
- jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi hamda yordamchi qishloq xoʻjaligini yuritish uchun yer berish;
- xususiylashtiriladigan yerga nisbatan investitsiya majburiyatlari yoki xususiy mulkni erkin tasarruf etishni cheklaydigan boshqa majburiyatlarni belgilash;
- 2021-yil 1-avgustdan qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqacha tartibda yer uchastkalarini ajratishni nazarda tutuvchi barcha tartiblar, imtiyoz va istisnolar toʻliq bekor qilinadi.
Davlat hokimiyati organlarining yer uchastkalarini toʻgʻridan-toʻgʻri ajratish yoki boshqacha tarzda imtiyoz va istisnolar belgilash tashabbusi bilan chiqish taqiqlanadi.
Xulosa qilib aytganda mazkur Farmon yerga oid mulkiy va huquqiy munosabatlarni barqarorligini taʼminlashda xizmat qiladi.
Nodirjon Rasulov,
navoiy viloyat sudining
fuqarolik ishlari boʻyicha
sudyasi

Birgina fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarda ham yer bilan bogʻliq daʼvolar 2020-yilda 155 tani tashkil qilib, shundan 145 ta daʼvo arizalar qanoatlantirilgan, 2 ta daʼvo ariza ish yurituvdan tugatilgan, 2 tasi koʻrmasdan qoldirilgan.
Joriy yilning oʻtgan 5 oyida bunday daʼvolar soni 16 tani tashkil qilib, shundan 12 ta daʼvo arizalar qanoatlantirilgan, 2 ta daʼvo ariza ish yurituvdan tugatilgan, 2 tasi koʻrmasdan qoldirilgan.
Koʻrilgan ishlar tahlil etilganda, fuqarolar tomonidan yerlarni qonunsiz egallab olish, yer uchastkalarida oʻzboshimchalik noqonuniy qurilmalar qurish, qonuniy tartibda ajratilgan yer uchastkalarida qonundan belgilangan muddatlar qurilish ishlarini boshlamaslik va boshqa daʼvolarni tashkil qiladi.
Ana shunday salbiy holatlarni oldini olish va bu sohada qonuniylikni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 08-iyun kunidagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PF-6243-sonli Farmoni qabul qilindi.Joriy yilning oʻtgan 5 oyida bunday daʼvolar soni 16 tani tashkil qilib, shundan 12 ta daʼvo arizalar qanoatlantirilgan, 2 ta daʼvo ariza ish yurituvdan tugatilgan, 2 tasi koʻrmasdan qoldirilgan.
Koʻrilgan ishlar tahlil etilganda, fuqarolar tomonidan yerlarni qonunsiz egallab olish, yer uchastkalarida oʻzboshimchalik noqonuniy qurilmalar qurish, qonuniy tartibda ajratilgan yer uchastkalarida qonundan belgilangan muddatlar qurilish ishlarini boshlamaslik va boshqa daʼvolarni tashkil qiladi.
Farmonning maqsadiga koʻra:
- yer uchastkalarini ajratishning barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibini joriy etish;
- yerga oid mulkiy va huquqiy munosabatlarda barqarorlikni taʼminlash, yerlarni muhofaza qilish;
- yer egalarining mulkiy huquqlarini kafolatlash;
shuningdek yerning iqtisodiy qiymatini belgilash orqali uni fuqarolik huquqiy muomalasining obyekti sifatida erkin muomalaga kiritish belgilanadi;
- yerga oid mulkiy va huquqiy munosabatlarda barqarorlikni taʼminlash, yerlarni muhofaza qilish;
- yer egalarining mulkiy huquqlarini kafolatlash;
shuningdek yerning iqtisodiy qiymatini belgilash orqali uni fuqarolik huquqiy muomalasining obyekti sifatida erkin muomalaga kiritish belgilanadi;
Farmonning mazmun va mohiyatiga koʻra, 2021-yil 1 avgustdan:
- yer uchastkalari xususiy sektorga – mulk va ijara huquqi asosida ajratiladi;
- yer uchastkalari davlat tashkilotlariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi;
- meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtincha foydalanish huquqi bilan yer ajratish tartibi bekor qilinadi (bunda ilgari ajratilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar saqlanib qoladi);
ijaraga olingan yer uchastkasidagi koʻchmas mulk boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda, yer uchastkasiga ijara huquqi ham yangi mulkdorga oʻtadi;
- qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar ochiq elektron tanlov orqali faqat ijara huquqi asosida ajratiladi;
- qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinadi;
- barcha hollarda yer uchastkalari faqat boʻsh turgan va zaxiraga olingan yerlardan ajratiladi;
(ayni bir hujjat bilan yoki bir vaqtda yer uchastkasini olib qoʻyish, zaxiraga olish, boshqa shaxsga ajratish yer berish tartibini buzish hisoblanadi)
- davlat-xususiy sheriklik loyihalari va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda yer uchastkalari davlat tashkilotiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi; (ushbu yerlar xususiy sherik, nodavlat notijorat tashkiloti va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga ijaraga berilishi mumkin);
- koʻp kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkasi mulkdorlarga umumiy foydalanish uchun doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi.
2021-yil 1-avgustdan Vazirlar Mahkamasi faqat quyidagi hollarda yer uchastkalarini toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berishga haqli:
- davlat ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalariga –Qishloq xoʻjaligi vazirligining taklifiga asosan;
- agrosanoat klasterlariga – yer uchastkasi normativ qiymatining ikki baravari miqdoridagi pul mablagʻi depozitga qoʻyilganda, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimining taklifiga asosan;
- eng yaxshi taklifni tanlash orqali aniqlanadigan, qiymati kamida 10 million AQSH dollari ekvivalentida (yer maydoni hajmiga koʻra ortib boradi) boʻlgan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun – loyiha qiymatining kamida 10 foiziga teng mablagʻ avvaldan maxsus hisob raqamga joylashtirilganda;
- chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga – ijaraga olish huquqini olganlik uchun bozor qiymatida haq toʻlagan holda (xalqaro birlashmalar va tashkilotlardan tashqari).
- agrosanoat klasterlariga – yer uchastkasi normativ qiymatining ikki baravari miqdoridagi pul mablagʻi depozitga qoʻyilganda, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimining taklifiga asosan;
- eng yaxshi taklifni tanlash orqali aniqlanadigan, qiymati kamida 10 million AQSH dollari ekvivalentida (yer maydoni hajmiga koʻra ortib boradi) boʻlgan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun – loyiha qiymatining kamida 10 foiziga teng mablagʻ avvaldan maxsus hisob raqamga joylashtirilganda;
- chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga – ijaraga olish huquqini olganlik uchun bozor qiymatida haq toʻlagan holda (xalqaro birlashmalar va tashkilotlardan tashqari).
Yer toʻgʻrisidagi qonun buzilishi holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan faoliyatni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi va joylarda hududiy kengashlar tashkil etildi (ishchi organ – prokuratura).
Kadastr organlari yerdan maqsadsiz foydalanishni aniqlaganda ushbu yerga boʻlgan huquqni bekor qilish, noqonuniy qurilgan imoratlarni bartaraf etish yuzasidan toʻgʻridan-toʻgʻri sudga murojaat qilishi mumkin.
Farmonga koʻra, 2021-yil 1-avgustdan hokimliklarning yerga oid quyidagi vakolatlari bekor qilinadi:
- yerni toʻgʻridan-toʻgʻri ajratish, foydalanishga berish, zaxiralash, biriktirish, obodonlashtirish uchun berish yoki yerlarni boshqacha yoʻl bilan tasarruf qilish;
- tuman va shahar hokimliklari tomonidan yerga boʻlgan huquqlarni belgilash, eʼtirof etish, oʻzgartirish, bekor qilish;
- sugʻoriladigan yerlarni sugʻorilmaydigan yerlar toifasiga yoki boshqa yer toifasiga, sugʻorilmaydigan qishloq xoʻjaligi yerlarini boshqa yer toifasiga oʻtkazish;
- jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi hamda yordamchi qishloq xoʻjaligini yuritish uchun yer berish;
- xususiylashtiriladigan yerga nisbatan investitsiya majburiyatlari yoki xususiy mulkni erkin tasarruf etishni cheklaydigan boshqa majburiyatlarni belgilash;
- 2021-yil 1-avgustdan qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqacha tartibda yer uchastkalarini ajratishni nazarda tutuvchi barcha tartiblar, imtiyoz va istisnolar toʻliq bekor qilinadi.
Davlat hokimiyati organlarining yer uchastkalarini toʻgʻridan-toʻgʻri ajratish yoki boshqacha tarzda imtiyoz va istisnolar belgilash tashabbusi bilan chiqish taqiqlanadi.
Xulosa qilib aytganda mazkur Farmon yerga oid mulkiy va huquqiy munosabatlarni barqarorligini taʼminlashda xizmat qiladi.
Nodirjon Rasulov,
navoiy viloyat sudining
fuqarolik ishlari boʻyicha
sudyasi
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Ayrim maktablar xususiy sektor boshqaruviga topshiriladi
Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlgan shaxslar 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin
Hisobsiz foydalanilgach...
Tizimdagi tarixiy hodisalar
“E-maʻmuriy ish” tizimi orqali amalga oshiriladi
Qum-shag’al qazib olgan odam nega jarimaga tortildi
Izohlar (0)