Karmana tumani dezinfeksiya stansiyasi xodimlariga nisbatan hukm oʻqildi
2021-yil 10dekabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Navoiy viloyati Tomdi tumani sudi raisi D.Ergasheva boshchiligida oʻtkazilgan ochiq sud majlisidaKarmana tumani dezinfeksiya stansiyasi mansabdor shaxslariga nisbatan boʻlgan jinoyat ishi koʻrib chiqildi.
Ish tafsilotlariga koʻra, sudlanuvchi X.J. Karmana tumani dezinfeksiya stansiyasi bosh vrachi lavozimida ishlab kelib, mansabdor shaxs boʻla turib, fuqaro K.U bilan oldindan jinoiy til biriktirib, “Navoiy xalqaro aeroporti” mas’uliyati cheklangan jamiyatning “CАРГО” yuk terminalida xorijdan kelgan yuklarni dezinfeksiya qilib, pul topish maqsadida 2020-yil iyun oyi boshida “Navoiy xalqaro aeroporti” MCHJ direktori nomiga 01.06.2020-yil sanasi bilan 22-raqamli xat orqali murojaat qilib, xatda Navoiy xalqaro aeroporti bilan shartnoma tuzilganligini, shu sababli aslida dezinfeksiya stansiyasida ishlamaydigan K.U., A.R.,va D.K.larga “Navoiy xalqaro aeroporti” MCHJ “CАРГО” yuk terminaliga kirishlari uchun ruxsatnoma rasmiylashtirib berishlik toʻgʻrisidagi soxta ma’lumotlarni koʻrsatib, bila turib soxta hujjat tuzib va ushbu xatni “Navoiy xalqaro aeroporti” MCHJga taqdim qilib, aeroportning yuk terminaliga kirib havo yoʻllari orqali xorijiy davlatlardan tashib keltirilgan jami 3 977 708 kg. yuk joʻnatmalarini dezinfeksiya qilib, dezinfeksiya qilingan yuk joʻnatmalari uchun Karmana tumani dezinfeksiya stansiyasi hisob raqamiga kirim qilinishi lozim boʻlgan 38 611 633 soʻm pullarni dezinfeksiya stansiyasining ATIB “Mikrokreditbank” Karmana filialidagi hisob raqamiga kirim qilmasdan, Karmana tumani dezinfeksiya stansiyasi manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazishgan.
Bundan tashqari, ular, X.J. egallab turgan lavozimiga koʻra ishchilarga ish haqlarini hisoblash va chiqim qilish boʻyicha ixtiyoriga ishonib topshirilgan davlat korxonasi pul mablagʻlarini qonuniy sarflanishi uchun javobgar shaxs boʻla turib, dezinfeksiya stansiyasi bosh hisobchisi R.M. bilan oldindan til biriktirib, bir guruh shaxslar boʻlib, mansab mavqyeini suiiste’mol qilib, 2020-yil iyun-oktabr oylari davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar” toʻgʻrisidagi farmoni ijrosi yuzasidan tashkil etilgan inqirozga qarshi kurash jamgʻarmasidan korxonaga ajratilgan 196 143 932 soʻm pul mablagʻlarini asossiz chiqim qilib, ya’ni ishchilarga hisoblangan oylik ish haqlaridan davlat budjetiga 12 foizlik yagona ijtimoiy toʻlov undirilishi lozimligini bila turib, davlat budjeti mablagʻlarini oʻzlashtirish va rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilib, ortiqcha ish haqlari hisoblab, jami 28 889 287 soʻm mablagʻlarni ishchi-xizmatchilarga ortiqcha toʻlab berib, davlat mulkini oʻzlashtirish va rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilishgan.
Yuqoridagi xatti-harakatlar bilan sudlanuvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 209, 206, 170 va 167-moddalarining sanksiyasida nazarda tutilgan holatlar bilan aybli deb topilgan.
Sudda, sudlanuvchilarga jazo tayinlashda, ularning aybiga iqrorligi, qilmishidan pushaymonligi, yetkazilgan zarar qoplanganligi, oilaviy sharoitlariinobatga olinib, qonunda koʻrsatilgan mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilish, jarima, ozodlikni chelash va ahloq tuzatish ishlari jazolari tayinlandi.
Dilobar Ergasheva
Jinoyat ishlari boʻyicha Tomdi tumani sudining raisi

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
MCHJ rahbarlariga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Qoʻlga kiritgan pullarni oʻz manfaati yoʻlida sarflab yuborgan
KARMANALIK TADBIRKORGA 447 MILLION SO‘MDAN ORTIQ PUL MABLAG‘LARI UNDIRIB BERILDI
Oʻzboshimchalik
QARZDOR KARANTIN EʼLON QILINGANLIGINI RO‘KACH QILIB, SUD QARORINI BAJARISHDAN BOSH TORTIB KELGAN
Yana bir bor imkon
Izohlar (0)