Kredit qarzdorligi undirildi
Mamlakatimizda kichik biznes va tadbirkorlikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida ularning faoliyatini yanada kengaytirish, boʻsh ish oʻrinlari tashkil etish uchun tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar ajratilmoqda.
Bu kabi imkoniyatlardan samarali foydalanib, yurt ravnaqiga hissa qoʻshayotgan yurtdoshlarimiz talaygina, biroq, olingan kreditlarni oʻz vaqtida qaytarmay kelayotgan ayrim tadbirkorlar ham uchrab turibdi.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi AT Xalq banki manfaatida da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilib, javobgar “U.N.B” MCHJ va qoʻshimcha javobgar “L-F-Z”MCHJ dan jami 4.043.097.360 soʻm bank qarzdorligini solidar tartibda undirish va undiruvni garov mulklariga qaratishni soʻragan.
Ish hujjatlaridan va aniqlangan holatlardan ma’lum boʻlishicha, taraflar oʻrtasida 2019-yil sentyabrda kredit shartnomasi tuzilgan. Shartnoma shartlaridan kelib chiqib, da’vogar tomonidan javobgarga Xitoy Xalq Respublikasidan beton plitalari, FSB bloklari, shlakablok, sheben ishlab chiqarish uskunalari va maxsus transport vositalari sotib olish maqsadida maqsadli yillik 12 foiz ustama toʻlash sharti bilan 36 oy muddatga 345.000 AQSH dollari miqdorida kredit mablagʻi ajratilgan.
Ajratilgan kredit mablagʻining qaytarilishini ta’minlash maqsadida garov shartnomasi tuzilib, “N-J” MCHJga tegishli savdo va maishiy xizmat koʻrsatish binosi va qoʻshimcha savdo doʻkonini yerga egalik qilish huquqi bilan va “Q.T” MCHJga tegishli boʻlgan frontal yuklagich, “U.N.B” MCHJga tegishli boʻlgan oʻzi yurar beton qoruvchi, yuklagich hamda beton plitalari, FBS bloklari, shlakablok, sheben ishlab chiqarish uskunalari shuningdek, kafillik shartnomasiga asosan “L-F-Z” MCHJning 4.528.125.000 soʻmlik kafilligi olingan.
Da’vogarning qarzdorlikni toʻlab berish toʻgʻrisida javobgarga yuborgan talabnomasi javobgar tomonidan oqibatsiz qoldirilgan. Shu sababli taraflar oʻrtasida iqtisodiy nizo kelib chiqqan.
Mazkur qonuniy asoslardan kelib chiqib, sud, mavjud ishdagi tegishli hujjatlar va asoslarni batafsil oʻrganib, javobgar “U.N.B”MCHJ va qoʻshimcha javobgar “L-F-Z” MCHJdan solidar tartibda 4.028.360.400 soʻm undirishni va undiruvni garov mulkiga qaratishni lozim topdi.
Xurshid Tursunov
Uchquduq tuman iqtisodiy sudi raisi

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Shartnomaviy majburiyatning ahamiyati
Ishsiz yoshlarga imtiyozli kredit
O‘zbekistonda banklarning qarzdorlarga tungi vaqtda qo‘ng‘iroq qilishi taqiqlandi
Samarqandda kredit qarzdorligini to’lamagan fuqaro o’zini baland binodan tashlamoqchi bo’ldi
Oʻqituvchilar foydasiga ustama pullari undirildi
Namanganda imtiyozli kreditlarni o’zlashtirgan firibgar qo’lga tushdi
Izohlar (0)