Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik
Barchamizga maʼlumki, majburiyat tushunchasiga bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 234-moddasida taʼrif berilgan boʻlib, unga koʻra majburiyat — fuqarolik huquqiy munosabati boʻlib, unga, asosan, bir shaxs (qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga, chunonchi: mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, xizmatlar koʻrsatish, pul toʻlash va hokazo yoki muayyan harakatdan oʻzini saqlashga majbur boʻladi, kreditor esa — qarzdordan oʻzining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega boʻladi deb qayd etilgan.
Amalda majburiyat bitimlar (shartnomalar)da aks ettirilib, unda taraflarini majburiyatlari, javobgarligi va boshqa bajarilishi lozim boʻlgan kelishuvlar koʻrsatilgan boʻladi.
Qonunchiligimizda shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun javobgarlik qatʼiy belgilangan boʻlib, tovarlarni yetkazib berish muddatlari kechiktirib yuborilgan, toʻliq yetkazib berilmagan, ishlar bajarilmagan yoki xizmatlar koʻrsatilmagan hollarda, tovar yetkazib beruvchi (pudratchi) sotib oluvchiga (buyurtmachiga) kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya toʻlaydi, biroq bunda penyaning umumiy summasi yetkazib berilmagan tovarlar, bajarilmagan ishlar yoki koʻrsatilmagan xizmatlar bahosining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim. Penyani toʻlash shartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni tovarlarni yetkazib berish muddatlarini kechiktirib yuborish, toʻliq yetkazib bermaslik, ishlarni bajarmaslik yoki xizmatlarni koʻrsatmaslik oqibatida yetkazilgan zararni qoplashdan ozod etmaydi.
Hozirgi kunda iqtisodiy sudlar tomonidan koʻrib chiqiladigan nizolarning aksariyati shartnomaviy munosabatlardan, ayniqsa oldi-sotdi shartnomasi, mahsulot yetkazib berish haqidagi shartnoma, pudrat shartnomasi, kredit shartnomasi shartlaridan kelib chiqadigan nizolardan iborat. Shu oʻrinda Navoiy viloyat sudi tomonidan koʻrib chiqilgan iqtisodiy ish haqida fikr yuritmoqchiman.
Navoiy viloyat sudiga daʼvogar “K.P.M”masʼuliyati cheklangan jamiyati(bundan buyon matnda daʼvogar deb yurtiladi) daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, unda javobgar “V.L.K”masʼuliyati cheklangan jamiyati (bundan buyon matnda javobgar deb yurtiladi) dan 665.000 rossiya rubli miqdoridagi asosiy qarz, 304.500 rossiya rublimiqdoridagi penya va 299.213 rossiya rubli miqdoridagiboy berilgan foyda jami 1.268.713 rossiya rubli miqdoridagiqarzdorlikni undirishni soʻragan.
Daʼvogar va javobgar oʻrtasida 2020-yil 26-oktyabr kuni RU01-sonli kontrakt asosida mahsulot yetkazib berish toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan.
Kontrakning 1.1-bandiga koʻra, javobgar kontraktda kelishilgan shartlarda va miqdorda archa daraxtiga mansub yogʻoch mahsulotlarini yetkazib berish, daʼvogar esa mahsulotlarni qabul qilib olishi va toʻlovlarni amalga oshirishni oʻz zimmasiga olgan.
Mazkur kontrakt sharti ijrosini taʼminlash maqsadida daʼvogar tomonidan javobgarning bankdagi hisob raqamiga archa daraxtiga mansub yogʻochlarini olish maqsadida 2021-yil 26-yanvarda 569.000 rossiya rubli, 2021-yil 9-fevralda 96.000 rossiya rubli miqdoridagi mablagʻ oʻtkazib berilgan.
Biroq, shartnomaviy majburiyatlar javobgar tomonidan bajarilmasdan, shartnomada nazarda tutilgan mahsulotlar daʼvogarga yetkazib berilmasdan qolingan.
Bunday holda daʼvogar va javobgar oʻzaro shartnomaviy-huquqiy munosabatga kirishilganligi, daʼvogar mahsulot olish maqsadida pul mablagʻlari koʻchirib berilganligi, biroq javobgar tomonidan mazkur pul mablagʻlari uchun mahsulotdaʼvogarga taqdim qilinmaganligi oqibatida daʼvogar asosiy qarz summasi bilan birgalikda penya ham undirishni soʻragan.
Taraflar oʻrtasida tuzilgan qoʻshimcha kelishuvning 12.2-bandiga koʻra, oʻtkazib berilgan toʻlovlar uchun oʻz vaqtida tovarlar yetkazib berilmaganligi uchun daʼvogarga birinchi kun uchun 1.500 rossiya rubli, ikkinchi kundan beshinchi kungacha 3.000 rossiya rubli, oltinchi va undan keyingi har bir kun uchun 6.000 rossiya rubli miqdorida penya toʻlashi belgilangan. Navoiy viloyat sudining 2021-yil 22-oktyabrdagi hal qiluv qarori bilan daʼvogarning daʼvo arizasi qisman qanoatlantirilib, daʼvogar foydasiga javobgardan 665.000 rossiya rubli miqdoridagi asosiy qarz, 1.402.500 rossiya rublimiqdoridagi penya, oldindan toʻlangan 5.989.063 soʻm davlat boji hamda 19.600 soʻm pochta xarajati undirish belgilandi.
Mazkur iqtisodiy ishda javobgar tomonidan shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganligi oqibatida penya undirilib, javobgarlik masalasi hal etilgan.
Zero, fuqarolar va yuridik shaxslarning huquq va burchlarinivujudga keltirish, oʻzgartirish yoki bekor qilishda tenglik prinsipini roʻyobga chiqarish maqsadida shartnomaviy munosabatlar boʻyicha yagona sud amaliyotini shakllantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan bir necha Plenum qarorlari qabul qilingan.
Bu esa iqtisodiy sudlarda shartnomaviy munosabatlarga oid nizolarni qonuniy va asosli hal qilinishida muhim rol o'ynaydi.
Lutfullo Toshmurodov
Navoiy viloyat sudi iqtisodiy ishlar boʻyicha sudyasi

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)