GʻOZGʻON SHAHRINING TARIXI VA BUGUNINI OʻZIDA AKS ETTIRGAN KITOB TAQDIMOTI BOʻLIB OʻTDI
Gʻozgʻon shahar hokimligi binosida Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Navoiy viloyati boʻlimi hamda Gʻozgʻon shahar hokimligi hamkorligida tayyorlangan “Gʻozgʻon shahri: kecha va bugun” kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Har qanday yuksalishning avvalo boshlanish nuqtasi boʻladi. Tom maʼnoda ana shu nuqtani mustahkam poydevor, deb atash mumkin. Qolgan barcha oʻzgarishlar: bosqichma-bosqich rivojlanish jarayonlari ayni ushbu manbadan kelib chiqadi. Keng koʻlamdagi bunday jadallikning yuzaga kelish sababi esa nafaqat iqtisodiy imkoniyatlarga, balki maʼnaviy resurslarga ham borib taqaladi.
Yangi Oʻzbekistonning yangi shahri maqomini olgan Gʻozgʻon misolida toʻxtaladigan boʻlsak, jonajon yurtimizning eng qadim goʻshalaridan biri boʻlgan va marmar konlariga boy mazkur hududdagi bugungi oʻzgarishlar zamiri ham ana shunday omillar bilan chambarchas bogʻliq.
Ijodiy guruh tomonidan qariy bir yil davomida tayyorlangan mazkur kitobda Yangi Oʻzbekistonning yangi shahri — Gʻozgʻon tarixi, bu yerdagi qadamjolar, mazkur hududda insoniyatning ilk ajdodlari yashaganligi nishonlari — petrogliflar, qadim sugʻd madaniyati belgilari, bugunga qadar saqlanib qolgan osori-atiqalar hamda ayni davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayot, gʻozgʻonliklar hayotini tubdan yangilash borasida amalga oshirilayotgan jadal islohotlar xususida soʻz boradi.
Mazkur nashrda xususan gʻozgʻonlik mashhur shaxslar — olimlar, taʼlim fidoyilari, davlat mukofoti sohiblari, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, tadbirkorlar hamda boshqa kasb egalari xususida ham batafsil maʼlumot berilgan. Bir soʻz bilan aytganda bu kitob yangi Gʻozgʻonning koʻhna tarixidan va bugungi islohotlaridan bizga sado berib turibdi.
Taqdimot marosimini Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Navoiy viloyati boʻlimi raisi O.Aslonov boshqarib borar ekan, bu kitob tom maʼnoda Gʻozgʻon shahrining tarixi va bugunini oʻzida jamlagan muhim asar sifatida nihoyatda qadrli ekanligini taʼkidladi.
Taqdimot marosimida Gʻozgʻon shahar hokimi Azim Bozorov barcha gʻozgʻonliklarni yangi kitob bilan qutladi.
Marosimda soʻzga chiqqanlar kitobning ahamiyati, uning mazmuni va mavzular koʻlami kengligi, Gʻozgʻon shahrining xarakteri va fidoyi insonlari hayot tarziga keng oʻrin berilganligini alohida eʼtirof etdi.
Taqdimot doirasida gʻozgʻonlik faol yoshlarga shahar hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Shuningdek, faxriylarga va faol ishtirokchilarga ham yangi kitob sovgʻa tariqasida taqdim etildi.

Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy
uyushmasi Navoiy viloyati boʻlimi.
uyushmasi Navoiy viloyati boʻlimi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Boshlang’ich ta’lim fan oyligining viloyat seminari o’tkazildi
Respublika mediaforumi Navoiyda
Ustoz jurnalistga ehtirom: muborak yosh ostonasidagi oʻylar...
Navoiyda oʻtkazilgan marafonda viloyat IIBning 500dan ortiq xodimlari faol qatnashib, sovrindorlar qatoridan joy olishdi
“Matonat” filmining oʻzbek va rus tillaridagi premyerasi boʻlib oʻtdi
Ikki mamlakat jurnalistlari hamkorligi
Izohlar (0)