Ishga kiritishni vaʼda qilgan shaxsga sud hukmi oʻqildi
Jinoyat ishlari boʻyicha Navoiy viloyati Xatirchi tuman sudi binosida oʻtkazilgan ochiq sud majlisida ishga kiritishni vaʼda qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi koʻrib chiqildi.
H.Xasanov (shaxsi oʻzgartirilgan) “Navoiy suv taʻminoti” maʼsuliyati cheklangan jamiyati Navbahor tumani boʻlimi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimida ishlab kelgan. Mansabdor shaxs boʻla turib, tanishi J.Xolov (shaxsi oʻzgartirilgan)ni jamiyatni yuridik isteʼmolchilar bilan ishlash boʻyicha mutaxassisi lavozimiga ishga qabul qilish evaziga 300 AQSH dollar pora berishni talab qilib, Navbahor tumani, “Beshrabot” qoʻrgʻoni markazida kimyoviy ishlov berilgan 200 AQSH dollar va 1.000.000 soʻm pullarni J.Xolovdan pora tariqasida olganligi, oʻtkazilgan tezkor tadbirda aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Sud, H.Xasanovni sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, muqaddam sudlanmaganligini, aybiga iqrorligi, qilmishidan chin koʻngildan pushaymonligini, 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari borligini, keksa onasi ham uni qaramogʻidaligini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 210-moddasi 1-qismi bilan 2 (ikki) yilga Oʻzsuvtaʼminot aksionerlik jamiyatiga qarashli suv taʼminoti maʼsuliyati cheklangan jamiyatda mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 3 (uch) yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Habibulla TUXTAYEV,
Jinoyat ishlari boʻyicha Xatirchi tuman sudi sudyasi
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Turmush oʻrtogʻini oʻldirishga qasd qilgan shaxsga nisbatan sud hukmi oʻqildi
Pora bilan qoʻlga tushdi
Pora taklif qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Uy olib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi
Firibgar ushlandi
Karmana tumani dezinfeksiya stansiyasi xodimlariga nisbatan hukm oʻqildi
Izohlar (0)