Jazirama issiqda maishiy gaz ballondan xavfsiz foydalaning!


- Suyultirilgan uglevodorodli gaz bilan to‘ldirilgan maishiy gaz ballonlari quyosh nuri tushmaydigan, salqin joyda saqlanishi kerak. Maishiy gaz balonni xonaning tashqari qismiga o‘rnatish, alohida temir shkafda saqlash tavsiya etiladi. Bo‘sh va suyultirilgan gazli ballonlarni xona hamda yerto‘lalarda saqlash ta’qiqlanadi. Shuningdek, gazlashtirilgan xonaga 50/55 litr sig‘imli ballondan bittadan ortiq yoki har birining sig‘imi 27 litr bo‘lgan ballondan ikkitadan ortiq qo‘yish mumkin emas. Ballonlarni qizishdan saqlaydigan to‘siq o‘rnatilgan bo‘lsa, ballon bilan isitish asbobining oralig‘i 0,5 m gacha kamaytirilishi mumkin. Ballon bilan to‘siqning oralig‘i 10 sm dan, ballonlar bilan o‘t yoqish eshigining oralig‘i 2 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Xonaga o‘rnatilgan ballonlar almashtirilayotganda, elektr yoritkichlarni yoqib-o‘chirish, ochiq olovdan, elektr isitish asboblari va isitish pechkalaridan foydalanish ta’qiqlanadi. Ballonlarni almashtirish ishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxslar borligida ballonlarni almashtirish ham noxush holatlarga sabab bo‘lishi mumkin.

"Hududgaz Navoiy" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Gaz ballonlarga stikerlar oʻrnatildi

Gaz jihoziga texnik xizmat ko‘rsatish

СOVID-19 bilan kasallangan fuqarolarni emlash kerakmi?

Suyultirilgan gaz talon-toroj qilinganligi fosh etildi

Navoiy viloyati hokimiga qilingan murojaat ijobiy hal qilindi

O’zbekistonda havo harorati 44 darajagacha ko’tarilishi mumkin
Izohlar (0)