Nurota tumanida faxriy jurnalist Sharbat Muxtorova “mahorat maktabi” tashkil etildi
Nurota tumanida ijod qilib kelayotgan ustoz jurnalist Sharbat opa Muxtorova joriy yil 73 yoshni qarshi oldi.
Ustoz jurnalist hayotining qariyb 50 yili matbuot, ommaviy axborot vositalari sohasi bilan chambarchas bogʻliq.
Sh.Muxtorova faoliyatini dastlab Nurota tumanidagi “Ilgʻor chorvador” gazetasida musahhihlikdan boshlab, uzoq yillar tahririyatda turli vazifalarda faoliyat koʻrsatdi. Shuningdek, orada bir muddat Kattaqoʻrgʻon shahridagi “Zarafshon” gazetasida ham mehnat qilib, yana oʻz ona yurtiga qaytdi. Shundan soʻng, bir necha yil Nurota tumani radiosi, tuman televideniyesi bosh muharriri, Nurota tumani bosmaxonasi direktori singari masʼul vazifalarda sidqidildan mehnat qilib, nafaqat tuman, balki viloyatimiz matbuoti rivojiga munosib hissa qoʻshdi.
Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi aʼzosi Sharbat Muxtorova faoliyati davomida bir necha bor tuman, shahar kengashi deputati sifatida ham xalq orasida boʻldi.
Ustoz jurnalistning samarali mehnatlari munosib eʼtirof etilib, 2002-yilda davlatimizning yuksak mukofoti - “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi.
2018-yilda esa II-darajali “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan ragʻbatlantirildi. Shuningdek, Sharbat Muxtorova Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 1, 10, 25 va 30 yilligi esdalik nishonlari sohibi ham hisoblanadi..
Sharbat Muxtorova nafaqat jurnalist, publitsist, balki yaxshi ijodkor, shoira ham hisoblanadi. Ustozning qalamiga mansub sheʼr, hikoya va ocherklar respublika ommaviy axborot vositalarida chop etilib, bir nechata sheʼriy va nasriy kitoblari allaqachon oʻquvchilar koʻnglidan joy olgan.
Ayni paytda ham ustoz jurnalist Nurota tumanining “Nurnoma” gazetasida faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Faoliyatini ijodsiz, gazetasidan tasavvur eta olmaydigan ijodkordagi tantilik, adolatparvarlik, toʻgʻrisoʻzlik, qatʼiyatlilik koʻpchilikka oʻrnak boʻlgulik.
Bugun Sharbat Muxtorovaning taʼlimini olgan yuz nafarga yaqin shogirdlar nafaqat Nurota tumanida, balki viloyatimiz hamda respublikamizning turli ommaviy axborot vositalarida faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Muhimi, ularning barchasi Sharbat opadan hamisha minnatdor.
Mustaqilligimizning qutlugʻ 31 yillligi munosabati bilan Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi Navoiy viloyati boʻlimi hamda Nurota tumani hokimligi hamkorligida Nurota tumanida tashkil etilgan tadbirda keng jamoatchilik vakillari, ustoz jurnalistning shogirdlari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida nurotalik faxriy jurnalist Sharbat Muxtorovaning tuman yosh ijodkorlari uchun “Nurnoma” gazetasi huzurida “Mahorat maktabi” tashkil etildi.
Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat boʻlimi tashabbusi bilan hududlarda faxriy jurnalistlarning “Mahorat maktablari” faoliyati tizimli yoʻlga qoʻyilmoqda.
Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi
Navoiy viloyati boʻlimi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Ustoz jurnalistga ehtirom: muborak yosh ostonasidagi oʻylar...
ITALIYALIK GEOLOG NUROTAGA TASHRIF BUYURDI
Nurota tumanida dafn etilgan - Qozoq xalqi qahramoni Ayteke biy
ITALIYALIK GEOLOG NUROTAGA TASHRIF BUYURDI
YTH oqibatida 2 nafar yoʻlovchi halok boʻldi
Nurota tumani Sentob qishlog‘ida sayohatchilar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratilmoqda
Izohlar (0)