SUV – TIRIKLIGIMIZ NEʼMATI
Bugungi kunda “Suv hayot manbai!”, “Suvni tejang!” kabi undov gaplarni chetga qoʻyib, endi haqiqiy tarzda suvni tejash va undan oqilona foydalanish zarur. Boisi, suv resruslarining kun sayin kamayib borayotganidan barchamiz xabardormiz. Qanchalik xabardor boʻlmaylik baribir suvni tuganmas manbadek ishlataveramiz. Bu borada qatʼiy turib faol harakat qilmas ekanmiz, kelajak oldida javobgar boʻlib qolamiz.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 2003-yilni “Xalqaro toza suv yili” deb eʼlon qilindi. Bundan koʻrinib turibdiki, suv borasida sayyoramiz holati jiddiylashib bormoqda.
BMTning “Atrof muhit muhofazasi” dasturi maʼlumotlariga koʻra, dunyodagi mavjud daryolarning yarimi jiddiy ifloslangan. Yer shari aholisining qaiyb 40 foizi toza ichimlik suvi yetishmasligidan aziyat chekmoqda. Har yili toza ichimlik suvi tanqisligi tufayli 1, 2 million kishi turli xil xastaliklarga duchor boʻladi, 5 million kishi esa ifloslangan va sifatsiz suvdan isteʼmol qilishga majbur.
Oʻzbekiston 2003-yil 6-mayda “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi qonunni qabul qildi. Shuningdek mamlakatimiz boʻylab oqib oʻtuvchi daryolar, davlat ahamiyatiga ega boʻlgan yer osti chuchuk suvlari hosil boʻladigan hududlarni ifloslanishidan muhofaza qilish maqsadida Vazirlar mahkamasining qarorlari qabul qilindi.
Oʻzbekiston 2003-yil 6-mayda “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi qonunni qabul qildi. Shuningdek mamlakatimiz boʻylab oqib oʻtuvchi daryolar, davlat ahamiyatiga ega boʻlgan yer osti chuchuk suvlari hosil boʻladigan hududlarni ifloslanishidan muhofaza qilish maqsadida Vazirlar mahkamasining qarorlari qabul qilindi.
2019-yil 30-oktyabrda “2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni eʼlon qilindi. Farmonning IV bobi atrof muhitning sifatli holati bilan bogʻliq mavjud muammolar haqida boʻlib, unga koʻra suv resurslarining kamayishi va ifloslanishi haqida batafsil maʼlumot berilgan.
Farmonda ekologik ahamiyatga ega qarorlarni qabul qilishda jamoatchilikning ishtiroki alohtda taʼkidlangan. Mazkur farmonda Fuqarolik jamiyati institutlari va aholining keng ishtirokisiz atrof muhitni muhofaza qilish muammolarini hal etib boʻlmasligi, bunda aholining ekologik bilim darajasi alohida ahamiyatga egaligi, aholiga ekologik taʼlim berish tizimi mavjud emasligi alohida koʻrsatib oʻtilgan.
Oʻtgan yil davomida kuzatganlarimdan bir nechtasini ulashmoqchiman.
Fuqarolik jamiyati institutlari uchun eʼlon qilinayotgan respublika hamda viloyat tanlovlarda mavzular bioxilmalilik haqida boʻlib, aynan “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi qonunni mazmun-mohiyati, tahlili, qonun ustidan jamoatchilik nazorati, xalqqa yetkazishda volontyorlik harakati haqida, ommaviy axborot vositalari uchun mavzular koʻproq eʼlon qilindi. Bu shakl rivojlantirilsa aholiga ekologik taʼlim berish oʻzani izga tushishiga turtki boʻladi. Bioxilmaxillik haqida eʼlon qilingan mavzularda faqat ekologik harakat faoliyat bilan shugʻullanuvchi NNTlar ishtirok etmoqda xolos.
Suv tejamkorligi haqida gap borar ekan, seriallarda suvdan foydalanish sahnalarini gapirmasdan ilojimiz yoʻq.
Biz sevib tomosha qiladigan milliy seriallarimizda, ayniqsa maishiy filmlarda idish-tovoq, mashinalarni yuvish, hovlini salqinlatish uchun shlanglarda supaga suv sepish kabi jarayonlarni koʻrib suvga boʻlgan munosabatni hali oʻzgarmaganligini koʻramiz.Seriallarni tomosha qilar ekanmiz kranlarda suv bosimining boricha ochib ishlatilishi xuddi reklama qilinayotgandek. Bunday sahna koʻrinishlarini seriallarimizda koʻplab kuzatishimiz mumkin. Vaholanki xalqimiz jamiyatning eng faoli boʻlgan sanʼat namoyondalaridan, ziyoli xalqdan ulgi olishadi.
Biz faqat suv tajamkorligini qishloq xoʻjaligida emas, turmush sharoitimizda ham tejashni oʻrganishimiz, farzandlarimizga yuvinishda suvdan foydalanishda oʻrnak boʻlishimiz kerak.
Xulosa qilib aytganda, suv tirikligimiz uchun neʼmat hisoblanar ekan, undan oqilona foydalanish, kelajak avlodlarimiz suv tanqisligiga duchor boʻlmasligi uchun javobgar ekanligimizni unutmasligimiz kerak.
Xalqimizda purmaʼno gap bor “daryo boʻyida boʻlsang ham suvni isrof qilma”.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)