Barcha korxona va tadbirkorlar diqqatiga!
Navbahor tuman “Mahalla” XJF “Saxovat va ko'mak” jamgʻarmasi tumandagi kam taʼminlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning taʼmirtalab xonadonlariga qurilish materiallari xarid qilish uchun barcha korxona va tadbirkorlar oʻrtasida qurilish materiallarini yetkazib berish buyicha “TANLOV” eʼlon qiladi.
Tanlovda qurilish materiallari yetkazib berish huquqi (litsenziya)ga ega boʻlgan yuridik shaxslar ishtirok etadi.
Tanlov 12 turdagi qurilish materiallari va jihozlar uchun quyidagicha;
1. Shifer 7300 dona,
2. Starapela (6,0 X 0,12sm, 0.04smlik) 3000 dona,
3. Reyka (6,0 X 0.04smlik) 28100 metr,
4. Mix (shifer, pol, potolog va reykalar uchun) 1500kg,
5. Bolor (6 metrlik, diametr 25-30 sm) 160 dona,
6. DSP (2.3 X 3.80) 230 dona,
7. Gipsokarton (1.5 X 2.10) 380 dona,
8. Lyaga (pol uchun, 4 mertlik diametr 20-25 sm) 350 dona,
9. Shlokoblok 23700 dona,
10. Sement 35 tonna,
11. Eshik (bir tabaqalik, akfa) 50 ta,
12. Rom (deraza akfa) 55 ta,
Tanlov 2023-yil 28-fevral kuni Navbahor tuman Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimida soat 14-30 da boʻlib oʻtadi.
(Moʻljal tuman Hokimligi binosi yonida)
Korxona va tadbirkorlar yuqorida keltirilgan miqdordan kam boʻlmagan holda qurilish meteriallari narxi buyicha oʻz takliflar paketini, hamda davlat soliq inspeksiyasidan qarzi va bank oboroti tugʻrisida maʼlumotnomani komissiya aʼzolariga taqdim etishi shart.
Izoh; Tanlov gʻolibi qurilish materiallari va jihozlarni belgilangan xonadonlarga sifatli yetkazib berishi kerak boʻladi.
Murojaat uchun telefon raqamlar: 99-755-56-73, 93-951-11-33, 93-955-32-60.
E'lon
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)