Sudyalar oliy kengashi Navoiyda gazeta bosh muharririga bosim qilgan sud raisining harakatlarini oʻrganmoqda

2021-yil 8-fevral kuni ommaviy axborot vositalarida “Navoiyda sud raisi gazeta muharririga buyurtma maqola chiqarilmagani uchun tahdidli xat yoʻlladi” sarlavhali maqola eʼlon qilingan edi. Unda Navoiy viloyati Uchquduq tuman iqtisodiy sudi raisi Xurshid Tursunov “Uchquduq” gazetasi tahririyati muharriri Rayhon Qodirovaga yuborgan maqolalarini chop etib, gazetadan bir nusxa joʻnatmasa, jarimaga tortishi haqida tahdidli xat joʻnatgani, sudning buyurtma maqolasi esa plagiat boʻlib chiqqani haqida soʻz yuritilgandi.
“Mazkur maqolada qalamga olingan voqelik jiddiyligi, ayniqsa «Sudyalarning odob-axloq kodeksi” talablari buzilgan-buzilmaganiga oydinlik kiritish va tegishli baho berish lozimligidan kelib chiqqan holda oʻrganilmoqda”, deb Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati ushbu maqolada tilga olingan holatlar boʻyicha sud raisining xatti-harakatlari Kengash tomonidan oʻrganilayotganini maʼlum qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Bugun – Navoiy viloyati tashkil etilgan kun

MATBUOT FORUMI OʻTKAZILADI

Taʼsirli savollarga natijali javoblar kutiladi

Endi ta’lim sifati past maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan o‘qituvchilarga maxsus ustamalar beriladi

Oʻzbekistonda 2020-yilda yoʻl va koʻprik qurilishi sohasida sodir etilgan jinoyatlar soni haqida maʼlumot berildi

Navoiyda zamonaviy maʼnaviyat va maʼrifat maskani barpo etiladi
Izohlar (0)