Navbahor tumanining “oltin fondi” va “qizil hudud”dan “yashil hudud”ga qanday o‘tiladi?

Bugungi kunda ta’limda olib borilayotgan islohotlar ham kelajak vorislari bo‘lgan yoshlarimizga keng yo‘l ochish, ilm cho‘qqilarini egallashlariga yaratilayotgan imkoniyatdir. Xo‘sh, ilm olishda yoshlarimizga barcha imkoniyatlar ochilgan ekan, nega ta’lim muassasalari “qizil hudud”ga kirib qolgan? Undan chiqish choralari qanday belgilanyapti?
Navbahor tumanida o‘tkazilgan press-turda Navoiy viloyati OAV xodimlari hamda blogerlar “qizil hudud”ga kirgan umumta’lim maktablari “yashil hudud”ga o‘tish borasidagi olib borayotgan sa’y-harakatlari bilan tanishdilar.
- Bu maktab 1960-70 yillarda bog‘cha tipida qurilgan bo‘lib, bino juda eskirib ketgan edi. Eski binodan tabiiyki inson hayoti uchun zararli bo‘lgan har xil hashoratlar yashaydi. Mana shu eski bino o‘rnida 160 o‘rinli maktab qad rostladi.
Maktab rahbari eng og‘riqli bo‘lgan muammo o‘quvchilarning oliy o‘quv yurtlariga kirish ko‘rsatkichning pastligi haqida kuyinib gapirdi:
- O‘tgan yili maktabimizning bitiruvchilaridan 1 nafar o‘quvchi oliy o‘quv yurti talabasi bo‘ldi. Bu albatta biz uchun achinarli ahvol. Bu muammoni yechish maqsadida Navoiy pedagogika instituti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydik, o‘quvchilar orasida kitobxonlikni kuchaytirib, bilimlarini oshirish uchun kitobxonlik kechalarini o‘tkazyapmiz, fan to‘garaklari tashkil etilgan.

- To‘g‘ri, maktabimizda sport zali va musiqa asboblari mavjud emas. Yo‘q ekan, deb qarab turolmaymiz. Maktabimizda shaxmat, shashka to‘garaklarini tashkil etganmiz. O‘quvchilarimiz yaxshi natijalarga erishyapti. Maktabning 4-sinf o‘quvchisi Asilbek Boboqulov tumanda o‘tkazilgan hududiy shaxmat musobaqasida 3-o‘rinni egalladi.

Shundan so‘ng ommaviy axborot vositalari xodimlari tumandagi 4-umumta’lim maktabi faoliyati bilan tanishdi.

Maktab direktori Komiljon To‘xtayev o‘qituvchilarning ish faoliyatining natijasi past bo‘lsa, bunday o‘qituvchilarning o‘rniga bilimli, tashabbuskor, o‘quvchilarining kelajagi uchun jonkuyar o‘qituvchilarni ishga olishini alohida ta’kidladi.

Tumandagi 9-umumta’lim maktabning 11-sinf o‘quvchisi Rayhona Ibragimova biologiya fani bo‘yicha Xalqaro olimpiadaga tayyorgarlik ko‘ryapti:
- Ustozlarimga minnatdorchilik bildiraman. Ta’limdagi barcha yangiliklar biz yoshlarning kelajagi uchun yaratilayotgan imkoniyatlardir. Men kelajakda shifokor bo‘lib, yurtimga munosib farzand bo‘laman.

Tuman xalq ta’limi mudiri X.Raxmatov bu o‘quvchilarni tumanning oltin fondlari, biz ular bilan faxrlanamiz. Bunday o‘quvchilar safini kengaytirib, tumanni ta’lim sohasidagi salohiyatini yuksaltiramiz. “Qizil hudud”dagi maktablarda ham mana shunday qobiliyatli o‘quvchilarni kashf etamiz, har bir maktabdan kamida 10 nafar o‘quvchi oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kiradi, deya ta’kidladi.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)