Mergan ayol
Qurolli Kuchlar akademiyasi dala-oʻquv poligonida akademiya harbiy xizmatchi ayollari oʻrtasida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “Eng ilgʻor mergan” oʻq otish musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Ikki yuz metr masofadagi nishonlarga qarata maxsus otish mashqini bajargan Toʻmaris izdoshlari otish tayyorgarligidan oʻz bilim va mahoratlarini yana bir bor sinovdan oʻtkazdi.
– Oʻqotar qurollardan nishonlarni yakson qilishda avvalo, qurol jangchining tana aʼzosiga aylanishi kerak. U bor diqqat-eʼtiborini jamlay olib, nafas ritmini tartibga solgach, tepkini bossa, oʻq bexato ketadi. Eng muhimi esa mergan sabrli boʻlishi lozim. Kerakli va zarur fursatni kuta olgan, uni anglagan va toʻgʻri qaror qabul qilgan oʻqchi qushning koʻzidan ham ura oladi, – deydi musobaqa gʻolibi I darajali serjant Zebiniso Valixonova.
Gʻoliblarga diplom, faxriy yorliq va pul mukofotlari berildi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Navoiy viloyatida ichki ishlar organlari xodimlarini oʻqitish boʻyicha ixtisoslashtirilgan oʻquv-amaliy kurslari tashkil etildi
Muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv eʼlon qilindi
Dunyoga keng nigoh bilan
Navoiyda oʻtkazilgan marafonda viloyat IIBning 500dan ortiq xodimlari faol qatnashib, sovrindorlar qatoridan joy olishdi
MATBUOT FORUMI OʻTKAZILADI
Bill Geyts koronavirus pandemiyasini toʻxtatish usulini aytib oʻtdi
Izohlar (0)