203 nafar talabaga to‘lov-shartnoma mablag‘ining 50 foizi to‘lab berildi
Bu haqda AOKAda tashkil etilgan matbuot anjumanida Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari Dilnoza Kattaxanova maʼlum qildi:
-“Yoshlar taʼlim granti” ishtirokchilari uchun metsenat.uz platformasi orqali hozirgacha 1570 nafar talabadan ariza kelib tushgan. Har bir ariza ekspertlar kengashi tomonidan ikki bosqichda atroflicha o‘rganib chiqildi.
Hujjatlari belgilangan nizom qoidalariga to‘liq javob beradigan 203 nafar talabaga 475 834 291 so‘m miqdorda 2020/2021-o‘quv yili uchun stipendiyasiz to‘lov-shartnoma mablag‘ining 50 foizi Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi hamda “Mehrli qo‘llar’ xayriya jamoat fondi tomonidan beg‘araz to‘lab berildi. Ulardan 36 nafari chin yetim, 3 nafari nogiron, 11 nafari mehribonlik uyida tarbiyalangan hamda 153 nafar boquvchisini yo‘qotgan talabalardir.
O‘tgan o‘quv yilida 120 nafar talabaga umumiy 300 000 000 so‘m miqdorda to‘lov shartnoma mablag‘lari beg‘araz tartibda to‘lab berilgan edi, deb xabar beradi zamon.uz.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Taʼsirli savollarga natijali javoblar kutiladi
KARMANALIK TADBIRKORGA 447 MILLION SO‘MDAN ORTIQ PUL MABLAG‘LARI UNDIRIB BERILDI
Internetda tarqalgan videolar sabab 28 nafar ichki ishlar xodimi lavozimidan ozod etilgani maʼlum qilindi
“University Cyber Cup”da Inha universiteti jamoasi sovrindor boʻldi
YANGI YILNI XAVFSIZ KUTIB OLAYLIK!
O‘zbekistonda kasb-hunar bo‘yicha maxsus kursni tugatgan ishsiz yoshlarning o‘qish xarajatlarini davlat qoplab beradi
Izohlar (0)