QURILISHLAR VA OʻPIRILISHLAR
Oʻtgan asrning 60-yillari. Murakkab bir davrda mamlakatimizning oʻsha paytdagi rahbari Sharof Rashidov tashabbusi bilan Oʻrta Osiyoda yagona boʻlgan Toshkent metropolitenini bunyod etishga kirishildi. Toshkent shahri transport infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida boshlangan bu noyob loyiha natijasida bundan 40 yil ilgari, yaʼni 1977-yilning 7-noyabr kuni yer ostida qatʼiy jadval boʻyicha metro poyezdlari harakatlana boshlagan.
Toshkent metrosining arxitekturasi boshidanoq nihoyatda puxta oʻylangan. Yaʼni, mutaxassislar fikricha, bu strategik muhim obyektdan hatto urush paytida panohgoh sifatida foydalanish ham rejalashtirilgan. Shu sababli, metroda foto va videotasvirga olish taqiqlangan edi. Biroq 2018-yilning yozida sayyohlarni jalb qilish maqsadida hamda jamiyatimizda erkin oʻzgarishlar sabab hukumatimiz metrodan harbiy obyekt maqomini olib tashladi. Va 41 yil amalda boʻlgan taqiq bekor qilindi.
Taʼkidlanishicha, Toshkent metrosi mintaqaning yuqori seysmikligi hisobga olingan holda qurilgan. Uning konstruksiyalari MSK-64 shkalasi boʻyicha 9 ballik zilzilaga ham bemalol bardosh bera oladi.
Toshkent metropolitenida qurilish ishlari hamon jadal surʼatlarda davom etmoqda. Yangi yoʻnalishlar faoliyati yoʻlga qoʻyilib, 2020-2025-yillarda qoʻshimcha yer osti saroylari, temir yoʻl, yoʻnalish, depo, elektr podstansiyalarini ishga tushirish rejalashtirilgan. Yaqinda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Toshkent metrosini 2025-yilgacha rivojlantirish loyihasini taqdim etdi. Unga koʻra, 2025-yilda metro uzunligi 4-martaga ortib, 157 kilometrni tashkil qiladi. Unda 74 ta yangi bekat ochiladi, ulardan 17 tasi orqali bir metro yoʻnalishidan boshqa met¬ro liniyasiga oʻtish imkoniyati yaratiladi.
Xullas, bu borada rejalar bisyor. Maqsadlar roʻyobga chiqqunicha esa uzoq yillar oldin qurilgan poytaxt metro yoʻna¬lishlari xalqimizga, yurtimiz mehmonlariga beminnat xizmat koʻrsatib, uzogʻimizni yaqin qilib turibdi. Metro bekatlarining dizayni, arxitekturasini koʻrib, odamning bahri-dili ochiladi. Mana 44 yildan beri poyezdlar kecha-kunduz belgilangan vaqt asosida bir maromda harakatlanmoqda...
Bu yoʻnalish atigi 3,5 oy oldin — 2020-yil 27-dekabr kuni ishga tushgandi. “Olmazor” va 1-bekat oraligʻida toʻxtagan poyezd mashinistining aytishicha, bunga texnik nosozlik sabab boʻlgan. Yaʼni, kontakt relsining kronshteynlari chiqib ketgan, sostavni energiya bilan taʼminlovchi qurilmalar parchalanib, 30-50 metr masofaga sochilgan...
Undan biroz oldin, Kun.uz saytida joriy yilning 18-mart kuni metroning yer usti Sergeli yoʻnalishida ikki poyezd toʻqnashib ketgani haqida xabar eʼlon qilingandi. Shuningdek, 7-aprel kuni ham Gʻafur Gʻulom bekatida poyezd texnik sabablarga koʻra toʻxtab qolib, yoʻlovchilar boshqa tarkibga koʻchirilib, yurmay qolgan poyezdni boshqa bir poyezd shatakka olgan.
Shoshmang, shoshmang, bu hali hammasi emas! Eng qizigʻini eshiting: 9-aprel kuni soat 18:40 da Pushkin va “Buyuk ipak yoʻli” bekatlari oraligʻidagi metro vagonining eshigini yopmay harakatlandi. Yaxshiyamki, eshikning “labi”gacha siqilib ketayotgan odamlardan birortasi tushib ketmadi. “Bunaqa dahshatni faqat triller kinolarda koʻrish mumkin edi, ammo oʻz ishiga masʼuliyatsiz insonlarning kasriga, ming afsus¬ki, bizda bunaqa holatlar kundalik voqeaga aylanib qolayotgandek”, — deb yozadi videoni oʻz elektron kanalida eʼlon qilgan bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari”ning yuqoridagi holat yuzasidan bergan munosabatiga koʻra, vagon eshiklari avtomatik yopilish tizimiga ega. Metropoliten harakatlanuvchi tarkibining har birida lokomotiv eshiklar signalizatsiyasi mavjud va ular eshiklarning ochiq holatda harakatlanishiga toʻsqinlik qiladi. Eshikning yopilishiga tashqi taʼsir boʻlsa, avtomatik yopilish tizimi ishlamaydi.
Shundan soʻng, xizmat vazifasini notoʻgʻri bajargani uchun mashinist, elektromontyor-chilangar va elektr harakatlanuvchi tarkibning katta ustasi egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Elektr bazasi boshligʻining elektr harakatlanuvchi tarkibini taʼmirlash boʻyicha oʻrinbosari ish haqining 40 foizi miqdorida jarimaga tortilgan. Ammo...
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva 2020-yilning 6-oktyabr kuni Toshkent viloyati hokimligida boʻlib oʻtgan sayyor majlisda: “Nima sababdan qurilish sohasida koʻplab qonunbuzilish holatlari sodir boʻlsa ham ularning sabablari, ularga yaratilayotgan “sharoitlar” chuqur oʻrganilmayapti? Qachongacha byudjet mablagʻlari, xalq rizqi talon-toroj qilinadi?!” — deya qulab tushgan koʻprik haqida munosabat bildirgan edi.
Senat raisi tizimda ochiqlik, shaffoflikni taʼminlash boʻyicha jiddiy choralar koʻrila boshlangani haqida gapira turib, bu kamchilik-xatolar endi kechirilmaydi, deya qatʼiy taʼkidladi. Lekin...
Namangan shahar Davlatobod tumanidagi Shimoliy Fargʻona kanali ustiga qurilgan 37 metrlik yangi koʻprik qulab tushgani; Jizzax shahrida endi qurilayotgan 6 qavatli uy ham bitmasdan yiqilib tushgani va yana ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan “qulab tushdi”, “yiqilib tushdi”...larni hisobga olsak, xalqimiz bagʻrikeng, barchasi hamon kechirilyapti.
Ammo qachongacha mutasaddi “mutaxassis”lar bosh egib kechirim soʻrashga va xalq ularning “bir qoshiq qoni”dan oʻtishga mahkum?
Yangi yerusti halqa yoʻlining, eʼtibor bering, 70-yillardagidek yer osti emas, yerusti halqa yoʻlining “Doʻstlik-2” bekatidan “Qoʻyliq” bekatigacha boʻlgan yoʻnalishi 2020-yilning 30-avgust kuni ishga tushdi.
Uzunligi 11 kilometr boʻlgan mazkur yoʻnalishda 7 ta bekat bor va har bir manzilda halitdanoq kamchiliklar koʻzga koʻrina boshlagan. Masalan, yorilish, oʻpirilish, qoʻporilish, toʻkilib qolish, oʻyi¬lib tushish va hokazo.
Toʻgʻri, ish bor joyda kamchilik boʻladi. Lekin bu nechanchi kamchilik, nechanchi muammo? Nega qurilish¬larda bu qadar korrupsiya avj olib ketgan? 2019-yil 18-dekabr kuni Toshkent metropoliteni Yunus¬obod yoʻli qurilishida halokat roʻy bergani, ishchilar tuproq ostida qolib halok boʻlganining jarohatlari hali bitmay turib, yangidan-yangi koʻngilsizliklar roʻy bermoqda. Hisob-layverib sanoqdan ham adashib ketdiku odam! Oʻzi asrasinu, lekin shu tarzda “mendan ketguncha, egasiga yetguncha” qabilida yumaloq-yostiq ish qilinaversa, qurilish ishlarini soha mutaxassislari emas, kunbay ishlaydigan mardikorlar amal-taqal qilib, pulini olib ketaversa, ertaga bundan ham koʻp koʻrgiliklar tushmaydimi boshimizga. Kasalni ming yashirganing bilan isitmasi oshkor qilishi haqiqat-da!
Qurilishlar... Qulab tushayotgan uylar, koʻpriklar, temir yoʻl va avto magistrallardagi oʻpirilishlar zamirida nima bor?
Hech shubha yoʻqki, oʻgʻrilik, talon-torojlik. Qurilish qaysi tarmoq va yurtimizning qaysi goʻshasida olib borilayotgan boʻlmasin, uning sxema-chizmasidan tortib, to uni oʻtkazuvchi tenderlarigacha “ber-ber”, “yoʻtal bozori”ga aylangan boʻlsa kerakki, ahvol shu darajagacha bor¬yapti? Yoʻqsa, nega bundan 40-50 yil avval qurilgan yoʻllar mustahkam, binoyiday turadi-yu, ikki yil avval toʻshalgan asfaltdan yurib boʻlmaydi?!
Toʻgʻri, bugun bunyodkorlik avjida. Kecha oʻtgan koʻchangda bugun 9 qavatli saroy qanday paydo boʻlib qolganiga hayron boqib turasan.
Qurilayotgan uylarning reklamasini oʻqib diling yayraydi: qulay, shinam, zamonaviy, osmonoʻpar... Qanday yaxshi!
Bu savollarga nima deyishni bilmaysan, ochigʻi. Nazorat, ha juda qattiq nazorat yetishmayotgandek bu sohaga. Qonun ishlamayotgandek bu sohada. Uni nazorat qiladiganlar esa quruvchilar, toʻgʻrirogʻi qurilishdagi olgʻirlar bilan allaqachon “aka-uka” tutinib ketishgandek nazarimizda.
Davlatimiz rahbari byudjetdan milliard-milliard mablagʻlarni soha rivoji uchun ajratyapti. Ammo tegishli “mutasaddi”lar ishni quyida oʻz bilganlaricha qilishyapti. Obyekt¬larni nomiga qurib ketishyapti! Shu bois aholida eʼtirozlar koʻp, savollar bisyor. Munosabat esa mutlaqo qoniqarsiz...
Eng yomoni esa gohida jurnalistikaning oʻydim-chuqur yoʻllarida turtinib-surilib, kuyib-pishib yozganing gazeta sahifalarida, internet saytlarida qolib ketaveradi. Ushbu maqolaga ham qurilish vaziri shaxsan oʻzi boʻlmasa-da, aqalli yordamchilari munosabat bildiradi, deb oʻylamayman. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligidan boʻladigan munosabat esa “voobщye” dargumon. Faqat umid qilamiz, xolos.
Abdulaziz AHMEDOV
...KECHA
Qizigʻi shundaki, Toshkent metropoliteni hamon Oʻrta Osiyoda yagonaligicha qolmoqda. Uning sobiq ittifoq davrida Oʻzbekistonda qurilgani esa haqiqatan ham olamshumul voqea edi...Toshkent metrosining arxitekturasi boshidanoq nihoyatda puxta oʻylangan. Yaʼni, mutaxassislar fikricha, bu strategik muhim obyektdan hatto urush paytida panohgoh sifatida foydalanish ham rejalashtirilgan. Shu sababli, metroda foto va videotasvirga olish taqiqlangan edi. Biroq 2018-yilning yozida sayyohlarni jalb qilish maqsadida hamda jamiyatimizda erkin oʻzgarishlar sabab hukumatimiz metrodan harbiy obyekt maqomini olib tashladi. Va 41 yil amalda boʻlgan taqiq bekor qilindi.
Taʼkidlanishicha, Toshkent metrosi mintaqaning yuqori seysmikligi hisobga olingan holda qurilgan. Uning konstruksiyalari MSK-64 shkalasi boʻyicha 9 ballik zilzilaga ham bemalol bardosh bera oladi.
Toshkent metropolitenida qurilish ishlari hamon jadal surʼatlarda davom etmoqda. Yangi yoʻnalishlar faoliyati yoʻlga qoʻyilib, 2020-2025-yillarda qoʻshimcha yer osti saroylari, temir yoʻl, yoʻnalish, depo, elektr podstansiyalarini ishga tushirish rejalashtirilgan. Yaqinda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Toshkent metrosini 2025-yilgacha rivojlantirish loyihasini taqdim etdi. Unga koʻra, 2025-yilda metro uzunligi 4-martaga ortib, 157 kilometrni tashkil qiladi. Unda 74 ta yangi bekat ochiladi, ulardan 17 tasi orqali bir metro yoʻnalishidan boshqa met¬ro liniyasiga oʻtish imkoniyati yaratiladi.
Xullas, bu borada rejalar bisyor. Maqsadlar roʻyobga chiqqunicha esa uzoq yillar oldin qurilgan poytaxt metro yoʻna¬lishlari xalqimizga, yurtimiz mehmonlariga beminnat xizmat koʻrsatib, uzogʻimizni yaqin qilib turibdi. Metro bekatlarining dizayni, arxitekturasini koʻrib, odamning bahri-dili ochiladi. Mana 44 yildan beri poyezdlar kecha-kunduz belgilangan vaqt asosida bir maromda harakatlanmoqda...
...BUGUN...
Korrespondent.uz saytining yozishicha, 8-aprel kuni soat taxminan 10:45 da Toshkent metropolitenining qiymati 83 million AQSH dollari boʻlgan Sergeli yoʻnalishidagi poyezd yer usti yoʻlida toʻxtab qolgan. Yoʻlovchilar esa poyezd ichida 15 daqiqa kutib, darak boʻlmaganidan keyin yangi qurilgan yer usti metrosining relslari boʻylab bekatga piyoda ketishgan.
Bu yoʻnalish atigi 3,5 oy oldin — 2020-yil 27-dekabr kuni ishga tushgandi. “Olmazor” va 1-bekat oraligʻida toʻxtagan poyezd mashinistining aytishicha, bunga texnik nosozlik sabab boʻlgan. Yaʼni, kontakt relsining kronshteynlari chiqib ketgan, sostavni energiya bilan taʼminlovchi qurilmalar parchalanib, 30-50 metr masofaga sochilgan...
Undan biroz oldin, Kun.uz saytida joriy yilning 18-mart kuni metroning yer usti Sergeli yoʻnalishida ikki poyezd toʻqnashib ketgani haqida xabar eʼlon qilingandi. Shuningdek, 7-aprel kuni ham Gʻafur Gʻulom bekatida poyezd texnik sabablarga koʻra toʻxtab qolib, yoʻlovchilar boshqa tarkibga koʻchirilib, yurmay qolgan poyezdni boshqa bir poyezd shatakka olgan.
Shoshmang, shoshmang, bu hali hammasi emas! Eng qizigʻini eshiting: 9-aprel kuni soat 18:40 da Pushkin va “Buyuk ipak yoʻli” bekatlari oraligʻidagi metro vagonining eshigini yopmay harakatlandi. Yaxshiyamki, eshikning “labi”gacha siqilib ketayotgan odamlardan birortasi tushib ketmadi. “Bunaqa dahshatni faqat triller kinolarda koʻrish mumkin edi, ammo oʻz ishiga masʼuliyatsiz insonlarning kasriga, ming afsus¬ki, bizda bunaqa holatlar kundalik voqeaga aylanib qolayotgandek”, — deb yozadi videoni oʻz elektron kanalida eʼlon qilgan bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari”ning yuqoridagi holat yuzasidan bergan munosabatiga koʻra, vagon eshiklari avtomatik yopilish tizimiga ega. Metropoliten harakatlanuvchi tarkibining har birida lokomotiv eshiklar signalizatsiyasi mavjud va ular eshiklarning ochiq holatda harakatlanishiga toʻsqinlik qiladi. Eshikning yopilishiga tashqi taʼsir boʻlsa, avtomatik yopilish tizimi ishlamaydi.
Shundan soʻng, xizmat vazifasini notoʻgʻri bajargani uchun mashinist, elektromontyor-chilangar va elektr harakatlanuvchi tarkibning katta ustasi egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Elektr bazasi boshligʻining elektr harakatlanuvchi tarkibini taʼmirlash boʻyicha oʻrinbosari ish haqining 40 foizi miqdorida jarimaga tortilgan. Ammo...
ERTAGA...
Eʼtibor bergan boʻlsangiz, soʻnggi paytlarda yurtimizda qurilish obyektlari, umuman qurilish sohasi bilan yuz berayotgan fojialar tez-tez quloqqa chalinyapti. Masalan, Surxondaryo viloyatining Qumqoʻrgʻon tumanida 2017-yilda 6,5 milliard soʻmga qurilgan koʻprik 2 yil oʻtmasdan vayron boʻldi. Qolaversa, aholi oʻsha hududda 5,5 milliard soʻm mablagʻ evaziga qurilgan yoʻlning sifatidan ham norozi. Bu haqda Kun.uz yozgan edi.
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva 2020-yilning 6-oktyabr kuni Toshkent viloyati hokimligida boʻlib oʻtgan sayyor majlisda: “Nima sababdan qurilish sohasida koʻplab qonunbuzilish holatlari sodir boʻlsa ham ularning sabablari, ularga yaratilayotgan “sharoitlar” chuqur oʻrganilmayapti? Qachongacha byudjet mablagʻlari, xalq rizqi talon-toroj qilinadi?!” — deya qulab tushgan koʻprik haqida munosabat bildirgan edi.
Senat raisi tizimda ochiqlik, shaffoflikni taʼminlash boʻyicha jiddiy choralar koʻrila boshlangani haqida gapira turib, bu kamchilik-xatolar endi kechirilmaydi, deya qatʼiy taʼkidladi. Lekin...
Namangan shahar Davlatobod tumanidagi Shimoliy Fargʻona kanali ustiga qurilgan 37 metrlik yangi koʻprik qulab tushgani; Jizzax shahrida endi qurilayotgan 6 qavatli uy ham bitmasdan yiqilib tushgani va yana ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan “qulab tushdi”, “yiqilib tushdi”...larni hisobga olsak, xalqimiz bagʻrikeng, barchasi hamon kechirilyapti.
Ammo qachongacha mutasaddi “mutaxassis”lar bosh egib kechirim soʻrashga va xalq ularning “bir qoshiq qoni”dan oʻtishga mahkum?
Axir, korrupsiya sohaga “bola-chaqasi” bilan oʻrnashib olgani kunday ravshan-ku! Zero, qurilish vaziri Botir Zokirov ham Jizzax shahridagi qulab tushgan uyni “Toʻgʻridan-toʻgʻri korrupsion sxema” deya baholagani soʻzimizning isbotidir.
Yangi yerusti halqa yoʻlining, eʼtibor bering, 70-yillardagidek yer osti emas, yerusti halqa yoʻlining “Doʻstlik-2” bekatidan “Qoʻyliq” bekatigacha boʻlgan yoʻnalishi 2020-yilning 30-avgust kuni ishga tushdi.
Uzunligi 11 kilometr boʻlgan mazkur yoʻnalishda 7 ta bekat bor va har bir manzilda halitdanoq kamchiliklar koʻzga koʻrina boshlagan. Masalan, yorilish, oʻpirilish, qoʻporilish, toʻkilib qolish, oʻyi¬lib tushish va hokazo.
Bekatlardan olingan video-tasvirlar ijtimoiy tarmoqlardagi “trend” mavzulardan biriga aylanib ulgurdi...
Toʻgʻri, ish bor joyda kamchilik boʻladi. Lekin bu nechanchi kamchilik, nechanchi muammo? Nega qurilish¬larda bu qadar korrupsiya avj olib ketgan? 2019-yil 18-dekabr kuni Toshkent metropoliteni Yunus¬obod yoʻli qurilishida halokat roʻy bergani, ishchilar tuproq ostida qolib halok boʻlganining jarohatlari hali bitmay turib, yangidan-yangi koʻngilsizliklar roʻy bermoqda. Hisob-layverib sanoqdan ham adashib ketdiku odam! Oʻzi asrasinu, lekin shu tarzda “mendan ketguncha, egasiga yetguncha” qabilida yumaloq-yostiq ish qilinaversa, qurilish ishlarini soha mutaxassislari emas, kunbay ishlaydigan mardikorlar amal-taqal qilib, pulini olib ketaversa, ertaga bundan ham koʻp koʻrgiliklar tushmaydimi boshimizga. Kasalni ming yashirganing bilan isitmasi oshkor qilishi haqiqat-da!
Qurilishlar... Qulab tushayotgan uylar, koʻpriklar, temir yoʻl va avto magistrallardagi oʻpirilishlar zamirida nima bor?
Hech shubha yoʻqki, oʻgʻrilik, talon-torojlik. Qurilish qaysi tarmoq va yurtimizning qaysi goʻshasida olib borilayotgan boʻlmasin, uning sxema-chizmasidan tortib, to uni oʻtkazuvchi tenderlarigacha “ber-ber”, “yoʻtal bozori”ga aylangan boʻlsa kerakki, ahvol shu darajagacha bor¬yapti? Yoʻqsa, nega bundan 40-50 yil avval qurilgan yoʻllar mustahkam, binoyiday turadi-yu, ikki yil avval toʻshalgan asfaltdan yurib boʻlmaydi?!
Toʻgʻri, bugun bunyodkorlik avjida. Kecha oʻtgan koʻchangda bugun 9 qavatli saroy qanday paydo boʻlib qolganiga hayron boqib turasan.
Qurilayotgan uylarning reklamasini oʻqib diling yayraydi: qulay, shinam, zamonaviy, osmonoʻpar... Qanday yaxshi!
Lekin... ularning chidamliligi, sifati qanday? Xudo koʻrsatmasinku, ammo biror tabiiy sinov yuz bersa, bardosh beradimi?
Bu savollarga nima deyishni bilmaysan, ochigʻi. Nazorat, ha juda qattiq nazorat yetishmayotgandek bu sohaga. Qonun ishlamayotgandek bu sohada. Uni nazorat qiladiganlar esa quruvchilar, toʻgʻrirogʻi qurilishdagi olgʻirlar bilan allaqachon “aka-uka” tutinib ketishgandek nazarimizda.
Davlatimiz rahbari byudjetdan milliard-milliard mablagʻlarni soha rivoji uchun ajratyapti. Ammo tegishli “mutasaddi”lar ishni quyida oʻz bilganlaricha qilishyapti. Obyekt¬larni nomiga qurib ketishyapti! Shu bois aholida eʼtirozlar koʻp, savollar bisyor. Munosabat esa mutlaqo qoniqarsiz...
Eng yomoni esa gohida jurnalistikaning oʻydim-chuqur yoʻllarida turtinib-surilib, kuyib-pishib yozganing gazeta sahifalarida, internet saytlarida qolib ketaveradi. Ushbu maqolaga ham qurilish vaziri shaxsan oʻzi boʻlmasa-da, aqalli yordamchilari munosabat bildiradi, deb oʻylamayman. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligidan boʻladigan munosabat esa “voobщye” dargumon. Faqat umid qilamiz, xolos.
Abdulaziz AHMEDOV
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
TOSHKENTDA YUK MASHINALARINING HARAKAT VAQTI CHEKLANADI
1-apreldan boshlab Toshkent shahrida ommaviy tadbirlarni vaqtincha toʻxtatish boʻyicha taklif berildi
Oʻzbekistonda 2020-yilda yoʻl va koʻprik qurilishi sohasida sodir etilgan jinoyatlar soni haqida maʼlumot berildi
«Uzbekistan airways» - 50 foizgacha chegirmalar
14 yoshli qizaloqning nomusiga tekkan shaxslar bilan bogʻliq holat boʻyicha munosabat
BUYUKLIK ODDIYLIKDA
Izohlar (0)