Onam
Bemor boʻlsam tunlari uyqudan kechib,
Sal injiqlik qilsam, beshikdan yechib,
Koʻzlarimdan oʻpib, opichlab, quchib
Koʻzlari uyquga toʻymagan onam.
Oʻtirsa tursa ham bizlarni oʻylab
Tunlari ibratli ertaklar soʻylab,
Bolam orom olsin deb allalar kuylab
Koʻzlari uyquga toʻymagan onam.
Boshqa tashvishlarni bir chetga qoʻyib,
Aylanay bolam deb erkalab suyib,
Oʻziga qarashga bir oz vaqt topmay
Qoshlariga oʻsmalar qoʻymagan onam.
Bir burda nonni ham bizga ilinib
Bir kun uyda boʻlmasa oʻrni bilinib,
Bolam yoshligida oʻynab kulsin deb
Oʻzi yoshligiga toʻymagan onam.
Gulsanam MUHAMMADIYEVA,
Xatirchi tumani 11-umumiy oʻrta ta'lim maktabining texnologiya fani oʻqituvchisi
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)