Gazeta millat vijdoni, xalqning uygʻoq yuragi
Suhbatlardan birida gapdan gap chiqib, kimdir gazetalarning umri tugaganini aytib qoldi. Oʻtirganlardan biri bu qanday sodir boʻlarkin, odamlarning olamdan oʻtganini koʻrganmanu lekin gazetaning ham qazoi qadari yetishini bilmas ekanman, degandek gap boshlagan edi, boshqasi uning soʻzini sharta boʻlib: bizlarda hali gazeta va matbuot oʻlmaydi. Agarda oʻlganida ana Stalin, Xrushchev, Brejnev, yana Chernenko deganlarini davrida nes nobut boʻlib ketardi. Odatda davlat va jamiyat orasida har doim gazetaning oʻz oʻrni boʻlgan. Qolaversa gazeta kundalik hayot uchun ham juda muhim,-dedi.
Yarim hazil, yarmi esa chin qilib aytilgan ushbu gap yigʻilganlar ichida kulgiga, yakunida esa murosasiz bahsga aylanib ulgurdi.
1937 yilda otasi va akasi otilib ketgan Ramazon boboga yigitchalarning kinoyali irjayishi yoki kulgisi ogʻir botdi chamamda, ularga qarab:
-Fayzulla Xoʻjayev, Akmal Ikromov, Sharof Rashidovlardek buyuk rahbarlar nega gazetaga, matbuotga beʼtibor boʻlmaganini aytinglar-chi? Ilm-maʼrifat, maʼnaviyat homiysi boʻlganiga sabab nima edi? Umrining soʻngiga qadar Ozod Sharafiddinov adabiyotdan, kitobdan, gazetadan ayro tushmaganini bilasizlarmi?
Yigitlarning nigohi yer chizdi. Nahotki hozirgi avlod buyuk isteʼdod, bilim sohiblari boʻlgan bobolarining gazetani qanchalik sevganligini, ulugʻlaganligini bilishmasa? Yoki bugungi yigirma birinchi asrning ayrim odamlari (agar odam deb boʻlsa) yoki unsurlari ular ongini zahrlashdimi?
Umid Xudoyqulov.
Yarim hazil, yarmi esa chin qilib aytilgan ushbu gap yigʻilganlar ichida kulgiga, yakunida esa murosasiz bahsga aylanib ulgurdi.
-Ha, ajib zamonlarga yetib keldik-da, Bu gaplaringizni Qodiry, Choʻlpon, Abdulla Avloniy, Behbudiy, Ibrat va Usmon Nosirlar eshitganda edi, millat yuzini, xalq vijdonini qanchalar masxara qilganingizdan koʻngillari qattiq ranjirdi. Bordiyu sovet davrida biror bir partiyaga taluqli nashrni oʻldiga, keraksizga chiqarganingizda, sen sovet rahbarlari oʻqiydigan gazetani masxaralaydigan boʻldingmi, bu partiya nashrini ustidan kulish, degan siyosiy aybni qoʻyib, sizga sichqonni inini ming tanga qilar edi, -dedi butun umri muallimlikda oʻtgan oqsoqol.
Hali gazeta soʻzini maʼnosini bilish u yoqda tursin, Turkustonda (hozirgi Oʻzbekiston)da ilk gazetaning yaratilishi, chop etilishi qancha mashaqqatlar, azob-uqubatlar evaziga boʻlganini bilmaydigan yosh blogger va internet jurnalisti uchun bu gaplar afsonadek tuyuldi chogʻi, miyigʻida kulib qoʻydi. 1937 yilda otasi va akasi otilib ketgan Ramazon boboga yigitchalarning kinoyali irjayishi yoki kulgisi ogʻir botdi chamamda, ularga qarab:
-Fayzulla Xoʻjayev, Akmal Ikromov, Sharof Rashidovlardek buyuk rahbarlar nega gazetaga, matbuotga beʼtibor boʻlmaganini aytinglar-chi? Ilm-maʼrifat, maʼnaviyat homiysi boʻlganiga sabab nima edi? Umrining soʻngiga qadar Ozod Sharafiddinov adabiyotdan, kitobdan, gazetadan ayro tushmaganini bilasizlarmi?
Yigitlarning nigohi yer chizdi. Nahotki hozirgi avlod buyuk isteʼdod, bilim sohiblari boʻlgan bobolarining gazetani qanchalik sevganligini, ulugʻlaganligini bilishmasa? Yoki bugungi yigirma birinchi asrning ayrim odamlari (agar odam deb boʻlsa) yoki unsurlari ular ongini zahrlashdimi?
Aziz oʻquvchi! Tarix yozilmaydi kechiladi, degan gap bor. Har qanday voqelikni ham ertak shaklida aytish ham, eshitish ham mumkin. Ammo bir haqiqat borki, yuqorida nomi tilga olingan insonlar gazeta uchun, uni xalqqa yetib borishiyu, chop etilishi uchun bor kuch va imkoniyatlarini sarflagan. Shukrki, bugun davlatimiz rahbari gazetalarga davriy nashrlarga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratayapti. Va bu eʼtibor Evirest singari yuksalsa yuksaladiki, aslo pasaymaydi.
Nafaqat bizning bolalarimiz, balki nabira va chevaralarimiz ham gazeta oʻqib ulgʻayishadi. Chunki GAZETA MILLAT VIJDONI, XALQNING UYGʻOQ YURAGI. Umid Xudoyqulov.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
MATBUOT FORUMI OʻTKAZILADI
Amir-Olimxoning-qabriga-bitilgan-so’zlar
Sudyalar oliy kengashi Navoiyda gazeta bosh muharririga bosim qilgan sud raisining harakatlarini oʻrganmoqda
Maʼnaviyat inqirozi
Nurota tumanida dafn etilgan - Qozoq xalqi qahramoni Ayteke biy
12-aprel - Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuni
Izohlar (0)