Vijdon azobi
(Hayotiy voqea)
Odam taftini odam oladi. Yaqinda bir hamshaharim oʻz xatolari boshqalarga ibrat boʻlishini istab, dardini menga ochdi:
“Rahmatli otam biz – ikki aka-ukaga alohida-alohida hovli qilib berganlar. Men tijorat bilan shugʻullanib, tez orada uy-joyimni zamonaviy uslubda taʼmirladim, qimmatbaho avtoulov ham oldim. Qurilishda oddiy gʻisht teruvchi boʻlib ishlaydigan akamning topganlari asosan roʻzgʻor tebratishga ketardi. Bir mahallada yashasak-da, akamni toʻy-maʼrakada uchratardim, xolos. Ataylab uylariga borib diydorlashmasdim, sababi, mendan qarz soʻrashlaridan choʻchirdim. Akam katta qizlarini uzatganda, mehmonlar qatori bordim, toʻyona bermadim. Ikkita oʻgʻil jiyanlarim maktabda aʼlo baholarga oʻqishgan boʻlsa-da, oliy oʻquv yurtiga hujjat topshirishmadi. Chunki kontrakt asosida oʻqishga toʻgʻri kelsa, bunga imkonlari yoʻq edi. Ular oʻqish va uylanish xarajatlarini ishlab topish uchun davlat tashkilotining hujjati bilan chet elga ishga ketishdi.
Bu orada mening ishlarim yana ham rivojlanib, xususiy firmamni ochdim. Begonalarni ish bilan taʼminlab, oʻz jigarlarim boshini silamadim. Umrlari ogʻir mehnat bilan oʻtgan akam biror marta ham mendan moddiy yordam soʻramadilar. Bu holat menga ayni muddao edi.
Keyin akam tez-tez kasal boʻladigan boʻlib qoldi. Bu toʻgʻrida xotinim qoʻshnilardan xabar topardi. Men esa oʻzimni bilmaslikka olardim. Dardlari tobora ogʻirlashdi. Oʻsha paytda mahalliy shifokorlar akamni chet elda – Hindistonda jarrohlik muolajasi bilan davolatish mumkinligini aytishibdi. Jiyanlarimning topganlari chet yurtga borish-kelish yoʻlkirasiyu yana muolajalarga toʻlashga yetmasligi aniq edi. Mendan pul soʻrashlaridan hadiksirab, oilam bilan chet eldagi oromgohga joʻnab ketdim. Biz u yerda sayru sayohatda yurganimizda, akam olamdan oʻtdi. Jiyanlarim tezda uyga qaytishib, otalarini hurmat bilan oxirgi yoʻlga kuzatib, maʼrakalarini ham oʻtkazishibdi.
Dam olishdan qaytganimizdan keyin akamning uyiga birrov kirib chiqdim. Bir kuni kechki payt uyimda oʻzimga oʻxshagan mehmonlarni ziyofat qilayotgandim. Xotinim meni chaqirib, tashqarida jiyanim soʻrab kelganini aytdi. Men esa nozik mehmonlar bilan bandligimni bahona qilib, yoniga chiqmadim. Sababi, mendan pul soʻrab qolishlari mumkinligidan hamon hadikda edim.
Keyin xotinim qoʻlimga bir konvert tutqazdi, jiyanim qoldirib ketgan ekan. Ochib qarasam, akam meni yelkalariga koʻtarib tushgan bolalik suratimiz (men roppa-rosa oʻn yosh kichik edim) hamda ikki enlik maktub: “Ukajon, rahmatli ota-onam “Yagona jigaringga oʻzing ota-onalik qil, yaxshi-yomon kunlarida doim holidan xabar ol”, deb seni menga omonat qoldirib ketgan edilar. Men qoʻlim kaltaligi sababli senga yordam bera olmadim. Endi seni yolgʻiz Allohga omonat qoldirib ketyapman. Ota-onamizning ruhlari rozi boʻlsin. Seni har kuni besh mahal namozlarimda duo qildim”.
Oʻsha lahzalarda boshimdan goʻyo qaynoq suv toʻkilgandek boʻldi. Boyib ketishim, toʻkinu farovon yashashimga akamning duolari ham sababchi boʻlgan ekan-da! Oʻsha kundan buyon ruhan ezilaman, ichimda tuganmas bir azob… Endi uyimdagi barcha hashamlar, toʻkinliklar koʻzimga oʻtdek koʻrinadi. Yaqinda bir amri maʼrufda domlaning qarindosh-urugʻchilik haqlari haqidagi maʼruzasini eshitganimdan buyon (aslida, oldin ham koʻp eshitganman-u, beparvo edim) dardim dunyoga sigʻmay qoldi: “Qiyomat kuni ahvolim nima boʻladi?”
Men suhbatdoshimning aytganlarini orttirganim ham, kamaytirganim ham yoʻq. Alloh hammamizni gunohlardan asrasin, tavba qilganlarga rahm etsin. Avvalo bu dunyo davlatiga mahliyolik sabab ikki dunyomizni boy berishdan asrasin.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)