Subsidiyalar berildi: natijasi qanday boʻldi?
Yurtimizda yoshlarning ertangi kuni, kelajagi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlarning chek-chegarasi yoʻq. Ularning har bir muammosi, talabi Prezidentimiz eʼtiborida.
Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan brifingda mana shular xususida soʻz bordi.
Birgina viloyatimiz misolida olib qaralsa joriy yil boshidan bugunga qadar jami 7 072 nafar yoshlarga 174,5 mlrd soʻm imtiyozli kreditlar ajratilgan. 4 278 nafar yosh tadbirkorlikka oʻqitilib, ularning 1962 nafariga 52,5 mlrd soʻm kreditlar ajratilgan.
“Har bir yoshga – bir gektar” tamoyili asosida 2 114 nafar yoshga 524,2 gektar yer ajratilgan. Bunday imkoniyatlarni koʻplab keltirish mumkin: subsidiyalar ajratish, OTMlarga oʻqishga kirgan yoshlarning toʻlov-kontraktlari va haydovchilik guvohnomasi uchun toʻlovlar qoplab berilgan. Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshligʻi J. Xodjayevning maʼlumot berishicha, yoshlarga 100 ga yaqin imtiyozlar berilgan. Ammo, davlatimizning shunday eʼtibori va juda katta mablagʻlar yoʻnaltirilayotganiga qaramay, ayrim kamchiliklar ham uchrab turibdi.
Yoshlarga shuncha imkoniyatlar yaratilib berilayotgan ekan natijadorlik qanday boʻlyapti.
- “Temir daftar”ning joriy etilishi, kambagʻallikni qoʻrqmay tan olinishi, bu tizimning tashkil etilishi birorta davlatda mavjud boʻlmasa kerak. Afsuski, sektorlardan tushayotgan hisobotlarda kimoʻzarga koʻrsatilayotgan sifrlarning notoʻgʻri berish hollari ham uchrab turibdi. Bu esa haqiqiy ehtiyojmand yoshlarning eʼtiroziga sabab boʻlyapti. Bunday salbiy hollar sessiyalar kun tartibida koʻrib chiqildi, - deydi boshqarma boshligʻi J. Xodjayev.
Qishloq hududlarida istiqomat qiluvchi yoshlarga mehnat bilan band boʻlishlari uchun yer, chorva mollari ajratilib, xarajatlari qoplanyapti. Brifing jarayonida mazkur sohada ham yoshlar orasida talaygina “muammo”lar borligi oydinlashdi. Bu masalada Jamshid Xodjayev kuyinib gapirdi:
- Baʼzi yoshlarni xonadonlariga borganimizda chorva qilib, poliz ekinlari yetishtirib, astoydil mehnat qilayotgan boʻlsa, baʼzi xonadonlarda bu manzaraning butunlay aksini koʻrish mumkin. Dehqonchilikdan hosil ololmagan yoki chorva mollari 3 oyga borar bormas oʻlib qolgan hollari uchramoqda. Buning oldini olish uchun agentlik huzurida “Yosh agranom”, “Yosh vetirenar” klublarini tashkil etib, mazkur sohalar bilan shugʻullanayotgan yoshlarga maslahatlar berib boriladi.
Yoshlar masalalari borasida olib borilayotgan saʼy-harakatlar hammasi ularning jamiyatda oʻz oʻrnini topishi, oilasiga daromad olib kirib, munosib turmush tarzini yaratishga boʻlgan koʻmak. Ajratilayotgan subsidiya, kredit va boshqa moddiy-texnika vositalaridan qanday foydalanishni bilmayotgani yoshlar yana boshi berk koʻchada qolishi mumkin. Jurnalistlar bilan boʻlgan muloqotda bu holatning ham yechimiga ochiqlik kiritildi.
- Yoshlarga berilayotgan mehnat qurollari, subsidiya va kreditlardan qanday foydalanayotganliklarini nazorat qilib boramiz. Baʼzi yoshlarga yoʻl-yoʻriq koʻrsatib, faoliyatini boshlashga madad beryapmiz. Afsuski, shunday yoshlar ham borki, kredit va mehnat qurollaridan maqsadsiz foydalanib, berilgan imkoniyatlarni qoʻldan chiqarmoqda. Bunday noxush holatlarga chek qoʻyish maqsadida sessiyalarga takliflar kiritishga hozirlik koʻryapmiz. Shuningdek, yoshlar uchun tuman markazida xorijiy tillarga ixtisoslashgan oʻquv markazi tashkil etilgan. Ushbu markaz bir yilda 1000 nafar oʻquvchini qamrab oladi. Ayni kunlarda markaz oʻz faoliyatini boshlash arafasida turibdi. Bu yerda yoshlar xorijiy tillar, IT, aniq fanlarni chuqur oʻrganadi, - deydi Yoshlar ishlari agentligi Xatirchi tuman boʻlimi boshligʻi A. Bekmurodov
Agentlik xodimlariga jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga ochiqlik va yechimlilik bilan javoblar qaytarildi. Anjumanda imkoniyati cheklangan yoshlar bilan qanday ishlar olib borilayotgani haqida qiziqarli suhbat jarayonida aniqlik kiritildi:
- Harakati cheklangan yoshlar bilan paralimpiya musobaqalari oʻtkazilishi barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Viloyatimizning barcha hududlarida sportning mazkur turi bilan shugʻullanish uchun maxsus maktablar, alohida sport mashgʻulotlari oʻtkazilishiga ixtisoslashgan joylar tashkil etilgan. Ularga bu sport turiga qiziqish uygʻotish uchun Xalqaro arenalarda chempionlikni qoʻlga kiritgan sportchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazildi, - deydi Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi mutaxassisi Rustambek Rasulov.
Yoshlarning qaynoq hayoti haqida anjumanda koʻplab misollar bilan tilga olindi. Ularning tashabbuslari kelajakni bunyod etishdagi muhim omil boʻlishiga shak-shubha yoʻq. Agentlikning bunday xayrli ishlarni roʻyobga chiqarishida muvaffaqiyatlar tilaymiz.
F. Qodirova
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Taʼsirli savollarga natijali javoblar kutiladi
Ishsiz yoshlarga imtiyozli kredit
O‘zbekistonda kasb-hunar bo‘yicha maxsus kursni tugatgan ishsiz yoshlarning o‘qish xarajatlarini davlat qoplab beradi
203 nafar talabaga to‘lov-shartnoma mablag‘ining 50 foizi to‘lab berildi
Yosh jurnalistlar uchun mediamarkaz
Bogʻchalarga subsidiyalar toʻlanadi
Izohlar (0)