Bogʻchalarga subsidiyalar toʻlanadi
Qonunchilikka koʻra, 2021-yil 1-iyuldan:
️- bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi past boʻlgan 53 ta tumanda 100 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun 7 yil muddatga 2 yillik imtiyozli davr bilan 5 foizlik stavkada kreditlar ajratiladi;
- olis va chekka hududlarda joylashgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi tegishli nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga:
- har bir tarbiyalanuvchi bola uchun davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 75 foizi miqdorida subsidiya toʻlanadi;
- “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” yoki “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning har bir tarbiyalanuvchi farzandlari uchun davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining bir nafar tarbiyalanuvchisi uchun sarflanadigan xarajatlar summasining 25 foizi miqdorida subsidiya toʻlanadi;
- davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga foydalangan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari narxining 50 foizi miqdorida oylik kompensatsiyalar toʻlanadi;
-2018–2019-yillarda nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun avval berilgan kreditlar boʻyicha imtiyozli davr muddati 2022-yil 1-yanvarga qadar uzaytiriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)