Ugay ukalarini chopib tashladi

Aniqlanishicha, 2021-yilning 7-sentyabr kuni soat 17.00 da Andijon tumanining “Jahonobod” mahallasida yashovchi fuqaro M.S. ugay ukalari – voyaga yetmagan R.S. va I.S.lar bilan oʻzaro janjallashib qolib, ularga chopqi bilan zarar yetkazgan.
Oʻgay aka janjal davomida daraxt shoxlarini chopish uchun moʻljallangan chopqi bilan R.S.ning bosh, boʻyin, yelka, qoʻl, oyoq va son qismlariga urib, hayoti uchun xavfli boʻlgan tan jarohatlari yetkazgan. Natijada uning oʻlimiga sabab boʻlgan.
Shuningdek, aka yana bir ukasi I.S.ning ham bosh, boʻyin, yelka, qoʻl qismlariga urib, ogʻir turdagi tan jarohatlarini yetkazgan.
Ayni kunda holat yuzasidan M.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, viloyat prokuraturasining oʻta ogʻir jinoyatlarni tergov qilish boʻlimi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. M.S.ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllangan.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)