Yassaviy bashorati

Amirlashkar Toshqandga keldi. Shodmonxoʻjani oʻldirdi. Normuhammad dodxohni voliyi Toshqand qildi.
Davlat tojuk degan kishini Turkistongʻa hokum qilib yubordi. Oʻzi Hoʻqandga qaytdi. Mazkur Davlat tojuk Turkistongʻa kelishi ilan atrofdagi elatiyani gʻorat qilib, talon-taroj etib chopdi. Bu badfeʼl shumligʻidin jamʼi Qozoqiya Rusiyaga tobeʼ boʻldi, kelmakni xohladi va oz muddatda Rusiya Turkistongʻa kirdi. Bu toʻgʻrida hazrati Sultonul-orifiyn Xoja Ahmad Yassaviy Turkistongʻa aytgan bashoratlari toʻgʻri keldi. Mundin sakkiz yuz yillar ilgari aytgʻon ekanlar: “Ming ikki yuz sakson birda oʻris kelgʻay, Turkistonni atrofini qamsab olgʻay”. Munga muvofiq, 1281 hijriyda Turkiston va Avliyoota Rusiya tasarrufigʻa oʻtti.
(Ibrat, “Fargʻona tarixi”)
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Fargʻonada 4 nafar egizak dunyoga keldi

Prezident qarori e’lon qilindi

Buxoro amirining xazinasi

Bog‘chаgа bolаni joylаshtirish muаmmomi?

Checheniston davlat rahbari Ramzan Qodirov muftiy Usmonxon Alimov vafoti yuzasidan hamdardlik bildirdi

Turkmaniston prezidenti oʻgʻlini Bosh vazir oʻrinbosari etib tayinladi
Izohlar (0)