Ko'paya oladigan robotlar
Tirik robotni yaratgan amerikalik olimlar taʼkidicha, ksenobot, deb nomlanuvchi hayot shakli endi oʻsimliklar va hayvonlarda koʻpaya oladi. Bu haqda UzA yozmoqda.
Afrika tirnoqli qurbaqasi (Xenopus laevis) nomini olgan ildiz hujayrali ksenobotning kengligi bir millimetrdan kamroq. Bu “jonivor”ga qiziqish oʻtgan yilgi tajriba asnosida hujayralar harakatlana olishi, guruhda birga ishlashi va oʻz-oʻzini davolashga qodirligi ayon boʻlgach, paydo boʻlgan.
Vermont, Tafts va Garvard universiteti Uyss nomli biologik muhandislik instituti olimlari fanga maʼlum boʻlgan har qanday hayvon yoki oʻsimlikdan farq qiladigan mutlaqo yangi biologik koʻpayish shakli kashf etilganini eʼlon qilishdi.
- Men hayratda qoldim, - dedi Tafts universiteti professori Maykl Levin. – Qurbaqa, odatda, koʻpayish xususiyatiga ega, ammo hujayralar embrionning qolgan qismidan ozod qilinsa va ularga yangi muhitga koʻnikish imkoni berilsa, yangicha hayot siklini kuzatish mumkin.
Ksenobotni yaratish uchun tadqiqotchilar qurbaqa embrionidan tirik ildiz hujayrasini olib tashlab, ularni inkubatsiya qildi. Bunda gen manipulyatsiyasi kuzatilmaydi.
- Koʻpchilik robot metall va keramikadan yasalgan, deb oʻylaydi. Aslida robot qanday moddadan yaratilgani emas, balki nima ish bajara olishi muhim, - deydi tadqiqotning yetakchi mualliflaridan biri Josh Bongard. - Bu robot, lekin genetik jihatdan oʻzgartirilmagan qurbaqa hujayrasidan yaralgan organizm ekanligi aniq.
Bongardning aytishicha, dastlab sharsimon boʻlgan, 3000 ga yaqin hujayradan yasalgan ksenobotlar yanada koʻpayishi mumkin. Faqat bu hodisa kamdan-kam holatda, muayyan sharoitlardagina sodir boʻladi. Ksenobotni “genetik nusxalash” usulidan foydalangan holda molekulyar darajada hosil qilinishi maʼlum, biroq bu jarayon butun hujayralar yoki organizm miqyosida hech qachon kuzatilmagan.
Olimlar sunʼiy intellekt yordamida ksenobotni ayni turdagi replikatsiyada samaraliroq qilish uchun milliardlab tana shaklida sinab koʻrishdi. Superkompyuter “C” shaklini yaratdi va mayda ildiz hujayralarini topishga muvaffaq boʻldi.
Molekulyar biologiya va sunʼiy intellektning bu kombinatsiyasini tanadagi va atrof-muhitdagi koʻplab jarayonlarda qoʻllash, masalan, regenerativ tibbiyotda yoki okeanda mikroplastmassa yigʻish, ildiz tizimini tekshirishda foydalanish mumkin.
Oʻz-oʻzidan koʻpayadigan biotexnologiyaning istiqboli kishida biroz tashvish uygʻotsa-da, “tirik mashina” laboratoriyada osonlik bilan oʻchiriladi. Sababi ular biologik parchalanadi, axloqiy jihati mutaxassislar tomonidan tartibga solinadi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
OAV: Qozogʻiston olimlari radiatsiyaga qarshi dunyodagi birinchi dorini yaratdi
AQSHda koronavirusning butunlay yangi turi — CAL20C aniqlandi
Olimlar koronavirusning organizmda ko‘payishini to‘xtatuvchi fermentni aniqlashdi
AQSHning Perseverance nomli Marsga yuborilgan havo kemasi sayyora hududiga muvaffaqiyatli qoʻndi
Butun dunyo boʻyicha koronavirusning toʻrt mingga yaqin shtammi borligi maʼlum boʻldi
Koronavirusning yangi belgilari aniqlandi
Izohlar (0)