Ibn Sino: “Uzish vaqtini toʻgʻri tanlab olingan dori kuchli boʻladi”
Butun dunyo tibbiyot va farmatsiyasi taraqqiyotiga Ibn Sino oʻzining gʻoyat katta taʼsirini oʻtkazgani sir emas. Ibn Sino davrida farmatsiya mustaqil fan sifatida ajralmagan edi.
Ibn Sino oʻzining farmatsevtika masalalariga oid fikrlarini buyuk asari boʻlmish “Tib qonunlari”ning ayrim kitoblarida bayon etgan. Ulugʻ hakim dorivor oʻsimlik mahsulotlarini sifatli boʻlishi ularni oʻz vaqtida yigʻishdan boshlanishini yaxshi bilgan.
Ibn Sino tavsiyalari:
• Yaproqlar. Hajmlari toʻlib yetilganida, ranglari oʻzgarmagan va soʻlimagan holda va toʻkilib sochilmaslaridan burun terib olinishi kerak;
• Gullar. Toʻliq ochilib, soʻlishlaridan va toʻkilishlaridan ilgari olinishlari kerak;
• Mevalar. Tamom yetilib, toʻkiladigan boʻlishidan ilgari uzilishlari kerak;
• Urugʻlar. Tanalari mustahkam boʻlib pishib yetilganida olinishlari kerak;
• Ildizlar. Ular oʻsimlikning yaproqlari toʻkilishiga yaqinlashganlarida olinishlari kerak;
• Oʻsimlikni butunicha olinishga kelsak, uni urugʻi yetilishi oldidan va oʻzining hoʻlligi yoʻqolmasdan burun olinishi kerak.
Koʻrsatilgan muddatlar Ibn Sino tomonidan oʻzining katta tajribasidan va kuzatishlaridan kelib chiqqan holda tavsiya qilingan. Hozirgi zamon farmakognoziyasida esa bu muddatlarni biologik faol moddalarning aynan yetilgan vaqti deb taʼkidlashadi.
Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)