Qalbaki pullar uyushgan jinoyat guruhi aʼzolariga tarqatilgan
Jinoiy guruh odam savdosidan tashqari qalbaki AQSH dollari bilan ham shugʻullangan.
2020-yil may oyi boshlarida Fuqaro R.E. ukasi A.E. bilan oldindan jinoiy til biriktirib, Namangan shahrida yashovchi fuqaro M.X. ga Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida “Trikotaj” sexiga ishga joylashtirib qoʻyishini vaʼda qiladi.
Har oyda 700 AQSH dollari, keyinchalik 1.500 va 2.000 AQSH dollarigacha ish haqqi va qilinadigan ishlar haqida yolgʻon maʼlumotlar beradi.
Ayol Istanbulga yetib kelganida esa yigit bergan vaʼdalarini bajarmasdan boshqa ishlarga jalb qilib, shaxsiga oid hujjatlarini olib qoʻygan.
R.E.Turkiya shahridan turib oʻz jinoiy harakatlarini boshqa mamlakatlarda ham davom ettirgan. Sank-Peterburg shahrida ishlab yurgan ukasi M.E, Namangan shahrida yashovchi M.Ch. hamda M.K, Qorasuv shahrida yashovchi O.O va boshqalardan iborat tarkibda uyushgan guruhni tashkil qilib, uning faoliyatiga rahbarlik qilib, guruh aʼzolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlagan.
R.E. guruhni qalbaki AQSH dollari bilan taʼminlagan. Guruh aʼzosi K.I. qoʻlga kiritgan qalbaki chet el valyutasini Oʻzbekistonga olib kelgan. R.E. unga oʻz navbatida gʻayriqonuniy yoʻllar bilan olib kelingan qalbaki chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni oʻtkazishi belgilangan boʻlgan. Soʻng jinoiy rejaga koʻra, qalbaki chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni sotib olib, uyushgan guruh aʼzolariga tarqatgan.
Shuningdek, R.E tergovda aniqlashni imkoni boʻlmagan shaxslardan qalbaki 10.000 AQSH dollarini sotib olib, 2020-yil 5-sentyabr kuni Sank-Peterburg shahridan Istanbul shahriga havo yoʻllari orqali kelgan K.I. ga bergan.
K.I. 2020-yil 27-sentyabr kuni “Istanbul-Baku-Toshkent” reysi bilan qalbaki 10.000 AQSH dollarini sumkada olib oʻtib, Namangan shahriga olib kelgan hamda jinoiy guruh aʼzolariga tarqatgan.
Guruh aʼzosi R.E va OT. 2020-yil 12-noyabr kuni yollanma haridor “Bekzod” ismli shaxsga qalbaki 1.600 AQSH dollarini haqiqiy 560 AQSH dollariga oʻtkazayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qoʻlga olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan yuqorida koʻrsatib oʻtilgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, jinoyat ishlari boʻyicha Namangan shahar sudi tomonidan ularga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq jazo turi qoʻllanilgan.
Avvalroq DXX tomonidan qalbaki pul ishlab chiqarayotgan shaxslar aniqlangani hamda Toshkentda soxta dollarga telefon sotib olgan firibgar ushlangani haqida xabar berilgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Namanganda masjidni tunamoqchi boʻlgan uddaburon oʻgʻri qoʻlga tushdi
Toshkent viloyatida qalbaki 1 100 dollarni 500 dollarga sotayotgan fuqaro ushlandi
Buxoroda jinoiy guruh qoʻlga olindi
Buxoroda homilador ayol hali tug‘ilmagan bolasini 50 million so‘mga sotishga urindi
Uyushgan jinoyatchilik reytingi tuzildi
Qarshi shahrida “Lasseti” yoqib yuborildi
Izohlar (0)