Xalqaro olimpiada gʻolibi boʻlgan oʻqituvchilarga ustama toʻlanishi shart
Xoʻjaobod tuman adliya boʻlimiga ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi fuqaro X.S. ariza bilan murojaat qildi. Oʻqituvchi oʻz arizasida lavozim maoshiga qoʻshimcha ustama haqi toʻlab berilmayotganligidan norozi ekanligini bildirgan.
Oʻrganish natijasida tuman xalq ta’lim boʻlimiga qarashli 27-umumta’lim maktabida ona tili va adabiyoti fanidan dars bergan X.S. xalqaro olimpiada gʻolibi boʻlsa-da, unga qoʻshimcha ustama haq toʻlanmaganligi aniqlandi. Vaholanki, Prezidentning 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4306-son qarorining 5-bandi "g" kichik bandida ta’lim muassasalarida oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar gʻoliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz va asosiy olimpiadalar respublika bosqichi gʻoliblari lavozim maoshiga har oy 100 foizlik ustama haqi toʻlanishi belgilangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, tuman adliya boʻlimi tomonidan kiritilgan taqdimnomaga asosan oʻqituvchiga toʻlanmay kelingan 60.493.205.00 soʻm qiymatidagi ustama pullar toʻlanishi ta’minlanib, oʻqituvchining shikoyat arizasi qanoatlantirildi.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)