Xitoylik erkakni tunagan qizlar qo’lga olindi

D.X. o‘zining tanishi voyaga yetmagan U.A. bilan til biriktirib, tanishi xitoylik erkakning pullarini qo‘lga kiritishni maqsad qilishadi. Ular erkakni telefon orqali chaqirishgan.
Ayollar erkakning avtomashinasida ketayotganda D.X. kuch ishlatgan holda uning bo‘ynidan ushlab, bir qo‘li bilan sirkaga botirilgan matoni yuziga bosgan. Ammo, erkak hushidan ketishning o‘rniga mashinani to‘xtatib, qochib ketgan.
Shundan so‘ng, D.X. va U.A. avtomashina yukxonasidan xitoylik erkakka tegishli bo‘lgan XXR fuqarolik pasporti, haydovchilik guvohnomasi, ish guvohnomasi, 5,5 ming AQSh dollari, 2 ming Xitoy Yuani, 15 ming Rossiya rubli va bir dona flesh-kartasi bo‘lgan ko‘k rangli sumka (ryukzak)ni talon-toroj qilib, unga jami 61,577 mln so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazib, voqea joyidan yashirinishadi.
Bundan tashqari, D.X. va U.A. xitoylik erkakka tegishli bo‘lgan hujjatlarni dalaga tashlab, yo‘q qilishadi.
Sud hukmiga ko‘ra, D.X.ga nisbatan 4 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish, U.A.ga nisbatan esa 1 yil 8 oy 24 kun muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Shuningdek, jabrlanuvchi foydasiga 10 mln 651 ming so‘m moddiy zarar undirilishi belgilandi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

FIRIBGARLIK FOSH ETILDI

Nigora Tursunqulova bronza medal uchun kurashadi

Jinoyat ortidan jinoyat

Nogiron erkakning uyida oʻgʻrilik sodir etildi. Ularga sud hukmi oʻqildi

24 yil oldin o’g’irlab ketilgan o’g’il o’z oilasiga qaytarildi

Qo‘shnisining ishonchiga kirgan ayol takroran o‘g‘rilikka qo‘l urdi
Izohlar (0)