MCHJ rahbari ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.G.” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan tayinlangan sud hukmi boʻyicha 527,1 mln soʻm zararni MCHJning AT “Xalq banki” Vobkent filiali hisob-raqamidagi 601,2 mln soʻm mablagʻlari hisobidan undirilishi belgilangan boʻlsa-da, “P.G.” MCHJ rahbari M.M. (“A.G.” MCHJning norasmiy rahbari) bank filiali mas’ul shaxslari bilan til biriktirib, sud hukmi ijrosini ta’minlanmasdan, band solingan 601,2 mln soʻmni “P.G.” MCHJ hisob-raqamiga koʻchirish orqali davlat budjetiga toʻlanishi lozim boʻlgan mablagʻlarni noqonuniy tasarruf qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 233-moddasi bilan (band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish) jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 233-moddasi bilan (band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish) jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)