O‘zbek-qirg‘iz chegarasida otishma yuz berdi

Xabarga ko‘ra, Jalolobod viloyati Oqsiy tumanidagi Deyres qishlog‘ida bir necha qirg‘izlar otlarda O‘zbekiston hududiga noqonuniy yuk olib o‘tishga uringan. O‘zbekiston chegarasiga 500 metr qolganda o‘zbek chegarachilari ularni payqab qolgan.
O‘zbek tomonining to‘xtash haqidagi buyrug‘iga ular bo‘ysunmagan. Ularni qo‘lga olish paytida tartibsizlik kelib chiqqan va O‘zbekiston chegarachilari o‘t ochishga majbur bo‘lishgan. Oqibatda 2 nafar qirg‘iz halok bo‘lgan, qolganlari Qirg‘iziston hududida yashirinishga ulgurgan.
O‘zbekiston chegarachilari so‘zlariga ko‘ra, chegarani buzganlar 20 ming dollar miqdorida kontrabanda mahsulotlarini olib o‘tishga harakat qilishgan. So‘ngroq ma’lum bo‘lishicha, halok bo‘lganlar O‘zbekistonda tug‘ilgan, keyinchalik Qirg‘iziston fuqaroligini olishgan. Shuning uchun ularda o‘zbek pasporti saqlanib qolgan.
O‘sha kunning o‘zida ikkala davlat chegara xizmatlari vakillari tezkor yig‘ilish o‘tkazib, vaziyatni o‘rganishgan. Bugun esa O‘zbekiston tomoni halok bo‘lgan 2 qirg‘iz jasadini Qirg‘izistonga topshirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Farg’onadagi sel oqibatlari bartaraf etilmoqda

Hindiston va Xitoy chegarasida qurolli to‘qnashuv sodir bo‘ldi

Terrorchi soxta passport orqali Germaniyaga uchmoqchi bo‘lgan

Qizlarni Turkiyaga fohishalikka yubormoqchi bo’lgan ayolga Navoiyda hukm o’qildi

Portlashda "Tolibon" jangchisi halok bo’ldi

Shavkat Mirziyoyev ushbu haftada Turkiyaga boradi
Izohlar (0)