Buxoroda “Nurchilar” diniy ekstremistik tashkiloti aʼzosi ozodlikdan mahrum etildi

Jumladan, 1975-yilda Buxoro shahrida tugʻilgan Toʻxtamurodov Bobirjon Baratovich “Nurchilar” DET aʼzosi boʻlib, ushbu tashkilot safida faoliyat olib borgan.
B.Toʻxtamurodov iqtidorli yoshlarni “nurchilar” safiga jalb qilish, ularni respublikamizdagi demokratik boshqaruvga qarshi tarbiyalash, shuningdek, tashkilotga taalluqli boʻlgan ekstremistik gʻoyalar bilan yoʻgʻrilgan materiallar va adabiyotlarni tarqatish bilan shugʻullanib kelgan.
2010-2011-yillarda bir nechta jinoiy sheriklari hibsga olingach, B.Toʻxtamurodov jinoiy javobgarlikdan qutilish maqsadida Rossiya Federatsiyasiga chiqib ketgan va Novosibirsk shahrida jinoiy faoliyatini davom ettirgan. Koʻrilgan qidiruv chora-tadbirlari natijasida u mamlakatmizga olib kelindi.
Sud hukmi bilan B.Toʻxtamurodov Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir qator moddalari bilan aybdor deb topilib, u 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi.
Hurmatli fuqarolar, Sizlarni Internet tarmogʻidan foydalanish jarayonida va xorijda boʻlish davomida turli taqiqlangan tashkilotlar, xususan Islom dinini niqob qilib fuqarolarni oʻz safiga jalb qilayotgan ekstremistik oqimlar va terrorchilik tashkilotlari, shuningdek diniy daʼvatchilarga ergashishdan ogohlantiramiz.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Chinozda “Jihodchilar” diniy ekstremistik oqimining yashirin guruhi aniqlandi

DXX: “Islom Davlati” terroristik tashkiloti a’zosi Oʻzbekistonga olib kelindi

Terrorchilarni moliyalashtirishda gumon qilingan 14 kishini hibsga olindi

Qalbaki pullar uyushgan jinoyat guruhi aʼzolariga tarqatilgan

Rossiyadan qaytgan fuqaroda taqiqlangan diniy materiallar aniqlandi

Noqonuniy “hujralar” faoliyatiga chek qoʻyildi
Izohlar (0)