Surxondaryoda ayol 3-sinf o‘quvchisini maktab hovlisida o‘ldirish uchun tashlab ketdi
Gumonlanuvchiga nisbatan jinoiy ish ochilgan.
Ijtimoiy narmoqlarda Surxondaryo viloyatining Denov tumanida 57-maktabning 3-sinf o'quvchisi o‘ldirilgani haqida ma'lumot tarqatdi, deb xabar bermoqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati.
Ma’lum bo‘lishicha, 27-sentabr kuni Denov tumani “Buyuk Ipak yo‘li” mahallasida yashovchi M.K. tanishi Z.K.ni (2013-yilda tug‘ilgan) Sariosyo tumaniga olib kelgan. Keyinroq ayol o'smirning kasal bo'lib qolganini payqagan, biroq qizga hech qanday yordam bermay, uni 15-maktab hovlisiga tashlab ketgan. Natijada qiz vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan 28 sentabr kuni ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 117-moddasi 2-qismi (Odam o'limiga sabab bo‘lgan xavf ostida qoldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)