Navro‘z bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishadi?
Joriy yilgi Navro‘z bayramida ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar barcha xodimlar ketma-ket 3 kun dam olishadi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar Navro‘z bayramida barcha xodimlarga quyidagi sanalar dam olish kuni hisoblanadi:
20-mart – shanba (barcha xodimlar uchun dam olish kuni);
21-mart – yakshanba (Navro‘z bayrami);
22-mart – dushanba (barcha xodimlar uchun dam olish kuni - 27-mart (shanba)dagi dam olish kuni ko‘chirilgan).
27-mart - shanba kuni barcha xodimlar uchun, jumladan haftasiga 5 kun ishlaydigan xodimlar uchun ham ish kuni bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)