Qimorxona tashkil etgan fuqora qo‘lga olindi

Qimorhona oqibatlari
Mazkur xonadondan qimor o‘yiniga qo‘llaniladigan 8 dona oshiq donachalari, 4 dona yelim stakanlar va qimor o‘yini uchun davraga tikilgan ikki million o‘ttiz ming so‘m pullar hamda uy egasi haqqi uchun ajratib qo‘yilgan yigirma ming so‘m pullar ashyoviy dalil tariqasida olib qo‘yilgan. Ushbu fuqoraga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 278 moddasi 1 qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg’atilib, Uchko‘prik tumani IIB tergov bo‘limi xodimlari tomonidan tergov harakatlari olib borildi. Fuqoraga nisbatan jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan ayb e’lon qilinadi. Jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan tamomlanib, sudlovligi bo‘yicha tegishli sudga yuborilgan, deb xabar beradi zamon.uz.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)