Fil yemagan hoji
Bu masjid haqida shunday bir rivoyat bor: “Bundan besh-olti asrlar oldin ushbu hududdan oʻn uch kishi haj ibodatini bajarish uchun yoʻlga chiqishgan. Nihoyat yetti oy deganda haj safaridan bir kishigina sogʻ-omon uyga qaytgan. Undan qolganlar haqida soʻrashganida, hajdan qaytishimizda yoʻlda ochlik bizni qiynadi. Yeyishga biron narsamiz qolmagan. Kimsasiz biyobonda bir fil bolasini uchratdik. Sheriklarim ochlikdan oʻlgandan koʻra, fil bolasini soʻyib yeyishni afzal bildi. Men esa yemadim, daraxt izdizlarini kovlab topib yeb jon saqladim. Oradan uch kun oʻtgach, ortimizdan ona fil yetib keldi. Sheriklarimni oʻldirdi, meni qayta-qayta hidlab koʻrdiyu, zarar yetqizmadi. U biz soʻygan filning onasi edi. Bolasini kim yeganini hididan ajratar ekan, deb javob bergan ekanlar. Shundan soʻng yerlik aholi fil bolasini yemay, hajdan sogʻ-omon qaytgan ushbu valisifat kishining ismini aytmay, “Fil yemas ota” deya taʼriflashgan. U zot hajdan qaytganidan soʻng bir chillaxona qurib, ibodat bilan mashgʻul boʻlgan. Shogirdlari shu yerda dehqonchilik qilishgan. Yoʻlovchi musofirlar ehtiyojiga meva-sabzovot soʻrashsa, ulardan pul olmay, shundayligicha hadya qilar ekan. Odamlar orasida “Pil yemas ota” nomi bilan tanilgan bu kishini xalq “Pul olmas ota”, deb ham taʼriflay boshlagan. Keyinchalik xalq ogʻzida bu gap “Pul yemas ota” boʻlib ketgan”.
Insonni nafsiga boʻlgan tiyiqligi har balodan asraydi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)