Bolajonlar sayohatda
9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Navoiy shahridagi 3-maktabgacha taʼlim tashkilotining “Oʻrdakcha” guruhi “Bobolarimizni xotirlab” shiori ostida sayohat tashkillashtirdi.
Sayohatda guruhning tarbiyalanuvchilari Maʼrifat bogʻida, motamsaro ona haykali ziyorat qilishib, ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini xotirlashdi..
- Sayohatdan asosiy maqsadimiz bolalar ongida Vatanga boʻlgan muhabbat tuygʻusini shakllantirish, urushning naqadar inson hayotiga ogʻir musibatlar solishini tushuntirish, bu jangu jadallarda bobolarimizning jangdagi jasoratlari haqida maʼlumotlar berildi, - deydi tarbiyachi Mohira Eshpoʻlatova.
Bolajonlar ushbu sayohatdan mamnun boʻlishib, boblarimizning jasoratli hayoti haqida koʻp yangiliklarga ega boʻlishdi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)