Itlarni so’yib, go’shtini iste’mol qilib kelgan shaxs ushlandi
2021-yil 21-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video xabarlar Andijon shahri boʻyicha IIOFMB masʼul xodimlari tomonidan oʻrganib chiqildi.
Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 3-iyul kuni SEO va JSX xodimlari tomonidan Andijon shahar Oʻzgarish MFYda yashovchi fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatga asosan, T.Keldiyev koʻchasi 75 uyda yashovchi fuqaro O.Gʻ.ning yashash xonadoni borib oʻrganilganida ushbu fuqaro xonadonida jami 12 ta it va kuchuklarni ularni boqish qoidalarini buzgan holda saqlab kelayotganligi, shuningdek, ushbu xonada itning terisi va suyaklari aniqlangan. Shu sababli O.Gʻ tomonidan soʻyilgan it goʻshtlari goʻsht mahsuloti sifatida kimga va qayerga berilganligi holatiga aniqlik kiritishda amaliy yordam berish soʻralgan.
Shunga asosan Andijon shahri boʻyicha IIOFMB masʼul xodimi tomonidan olib borilgan tekshiruv jarayonida fuqaro O.Gʻ oxirgi olti oydan buyon oʻzining isteʼmoli uchun itlarni soʻyib, goʻshtini isteʼmol qilib kelganligi, ammo it goʻshtini goʻsht mahsuloti sifatida biron bir shaxsga sotmaganligi va topshirmaganligi aniqlandi.
Ish boʻyicha toʻplangan hujjatlardan kelib chiqib, fuqaro O.Gʻ oʻzining ushbu harakatlari bilan yashash manzilidagi xonada it boqishning qoidalarini buzganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 110-moddasi 1-qismida hamda hayvon, jumladan, itlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish oqibatida ular oʻlishiga sababchi boʻlganligi uchun 111-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Qonunda va uning sanksiyasida huquqbuzarni belgilangan jarimadan ozod qilish asoslari nazarda tutilmaganligi sababli hozirda fuqaro O.Gʻ.dan huquqbuzarligi yuzasidan belgilangan jarimani undirish choralari koʻrilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Samarqandda kredit qarzdorligini to’lamagan fuqaro o’zini baland binodan tashlamoqchi bo’ldi
Fuqaro navbatchi ayolning yuziga “kislota” sepdi
Qarshi shahrida “Lasseti” yoqib yuborildi
Qidiruvda bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi
Namanganda masjidni tunamoqchi boʻlgan uddaburon oʻgʻri qoʻlga tushdi
15 kg.dan ortiq giyohvandlik moddalari aniqlandi
Izohlar (0)