“Telegram” orqali odamlarni haqoratlagan fuqaro qamoqqa olindi
Samarqandda “Telegram” orqali fuqarolarni haqoratlagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoqqa olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 2021-yil 21-iyul kuni Urgut tumani “Doʻstlik” mahallasida yashovchi 1989-y.t. fuqaro Sh.Sh. “Telegram” internet tarmogʻidagi guruhda, guruh aʼzolarini haqoratlagan video murojaatini joylashtirib, fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan taxqirlagan.
Haqoratli videoni koʻrgan guruhdagi ayrim fuqarolar Sh.Sh. haqoratli soʻzlari uchun kechirim soʻrashini talab qilib, uning yashash xonadoniga borishgan.
Holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 140-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, fuqaro Sh.Sh.ga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, xabarga koʻra Sh.Sh.ning yashash manziliga kelib, janjal koʻtargan barcha fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilgan. Jamoat tartibini buzgan har bir fuqaroning harakatlariga ham qonuniy tartibda baho beriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Tanishini jarohatlagan shaxsga jinoyat ishi qo’zg’atildi
Buxoroda mudhish qotillik yuz berdi
Fuqarolarning qora mollarini o’zlashtirgan firibgarga nisbatan jinoyat ishi qo’zg’atildi
15 kg.dan ortiq giyohvandlik moddalari aniqlandi
Koʻcha bezorilari ayollarni bir necha bor kaltakladi
OIV infeksiyasini bir necha shaxslarga qasddan yuqtirgan ayol qoʻlga olindi
Izohlar (0)